So’nggi yangiliklar

12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  23 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  4

“Metallurg”: To'purarimiz “Paxtakor”ga qarshi o'yinda yordam berolmaydi Yangiliklar

“Metallurg”: To'purarimiz “Paxtakor”ga qarshi o'yinda yordam berolmaydi

Mamlakat milliy chempionatining 21-turida “Metallurg” o'z maydonida O'zbekistonning eng nomdor klubi – amaldagi chempion “Paxtakor”ni qabul qiladi.

Bu ushbu jamoalarning chempionatlarimiz doirasidagi 38-uchrashuvi bo'ladi.

Ortda qolgan 37 o'yinning 30 tasi poytaxtliklarning g'alabasi bilan yakunlangan. Faqatgina 3 ta o'yinda bekobodliklar zafar quchishgan. 4 ta uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan.

Bu yilgi mavsumning birinchi davrasida jamoalarning Toshkentda o'tkazilgan o'yinida paxtakorchilar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvning 52-daqiqasida Igor Sergeev hisobni ochgan bo'lsa, oradan yigirma daqiqa o'tib Zohid Abdullaev hisobni tenglashtirgandi. Biroq o'yin yakuniga etishiga o'n daqiqa qolganda SHerzod Karimovning chiroyli zarbasidan so'ng “Paxtakor” muhim 3 ochkoli bo'lgandi. Bu gol paxtakorchilarning “Metallurg” darvozasiga kiritgan 100-goli bo'lgandi. Bo'lg'usi uchrashuvlarda bekobodliklar tomonidan kiritiladigan birinchi gol “Metallurg”ning “Paxtakor” darvozasiga urgan 30-goli bo'ladi.

Bekoboddagi uchrashuvda “Metallurg”ga jamoa to'purari Zohid Abdullaev yordam berolmaydi. Uning o'tgan turda “Obod”ga qarshi kechgan o'yinda “ishlagan” sariq kartochkasi mavsumdagi to'rtinchi ogohlantirishi bo'ldi va Z.Abdullaev chempionat Reglamentiga binoan navbatdagi turni o'tkazib yuborishga majbur.   

 
Metallurg (Bekobod) – Paxtakor (Toshkent)
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), F. Yormuhammedov (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi).
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика