So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  5 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

"Metallurg": Tanishing, raqibimiz – “Bunyodkor”! Yangiliklar

"Metallurg": Tanishing, raqibimiz – “Bunyodkor”!

Teglar :  BunyodkorMetallurg
Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi mamlakatimizning eng yosh jamoalaridan biri sanaladi. Klubga asos solinganiga endigina 13 yil bo'ldi.

Ammo qisqa fursat ichida jamoa birinchi ligadan oliy ligaga yo'l oldi va kuchlilar safida ham doimiy ravishda etakchilar qatoridan o'rin egallab kelayapti. 2007 yildan elita safida “qaldirg'ochlar” besh marta O'zbekiston chempioni, uch marta vice-chempion, to'rt marta O'zbekiston kubogi sohibi va to'rt karra finalchisi, O'zbekiston Superkubogi sohibi bo'ldi. Bu yil jamoa mamlakat kubogi bahslarida to'qqizinchi marta finalda o'ynaydigan bo'ldi. 2008 yildan Osiyo chempionlari ligasida yurtimiz sharafini himoya etib kelayotgan “Bunyodkor” jamoasi ikki marta qitaningmazkur nufuzli turnirida yarim finalgacha etib bordi (2008, 2012 yillar). Oliy ligadagi eng past ko'rsatkichi to'rtinchi o'rin bo'lgan (2014-2015 yillar).

“Bunyodkor”ning uy stadioni mamlakatimizning eng muhtasham futbol majmuasi sanaladi. U 2012 yilning 28 sentyabr sanasida qurib, foydalanishga topshirildi. “Bunyodkor” va O'zbekiston milliy terma jamoasi uy stadioni o'z bag'riga 34000 tomoshabinni sig'diradi.

“Bunyodkor” bugungacha oliy liga bahslarida 303 ta uchrashuv o'tkazgan. SHulardan 212 tasida g'alaba qozongan, 58 tasida durang o'ynagan, 33 tasida mag'lubiyatga uchragan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi – 584:166. Jamoaning oliy ligadagi eng yirik g'isobli g'alabasi – 7:0 (“SHo'rtan”, 2008 yil), eng yirik mag'lubiyati – 0:3 (“Lokomotiv”, 2015 yil).


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика