So’nggi yangiliklar

00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:50Клублар ўртасидаги ЖЧ финали. "Челси" — ПСЖ 3:0 (матнли трансляция)  96 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  129 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10

"Metallurg": SHoxnazar Norbekov Qozog'istonga ketdi Yangiliklar

"Metallurg": SHoxnazar Norbekov Qozog'istonga ketdi

“Metallurg” jamoasining so'nggi yillardagi to'purari SHahzodbek Nurmatov o'z faoliyatini mamlakatimizning etakchi jamoalaridan biri – “Bunyodkor”da davom ettirishni lozim topdi.

Poytaxtliklar tarkibida sermahsul hujumchiga ehtiyoj tug'ilganligi bois ular SH.Nurmatov bilan bog'lanishdi va ijobiy javobni olishdi. Osiyo CHempionlari ligasida mamlakatimiz sharafini himoya etishi kutilayotgan klubdagi faoliyatida biz SHahzodga omad tilaymiz va o'z navbatida “Metallurg”dagi samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz.

O'tgan mavsum Mamur Ikromov xuddi shu yo'lni tanlagandi. Garchi “Metallurg” bilan xayrlashgan bo'lsa-da, bekobodliklar yil davomida Ikromovga ham ichki, ham xalqaro maydonlardagi o'yinlarida muxlislik qilishgandi. Endilikda SH.Nurmatovning ham xalqaro arenalarda raqiblar darvozasini ishg'ol etishini va butun o'zbekistonlik ishqibozlarni xursand etishini tilaymiz.

“Metallurg”ning bu yilgi yig'inlarida shuningdek SH. Norbekov, A.Ziyovuddinov hamda M.Akbarovlar ishtirok etishmayapti. SHohnazar kelgusi faoliyatini yaqin xorij – Qozog'iston chempionatida davom ettiradigan bo'ldi. Alisher hamda Mirto'ra esa oliy liga klublarida paydo bo'lishi kutilmoqda.

Bugun ertalabdan “Metallurg”futbolchilari O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi qoshidagi tibbiyot maskanida ko'rikdan o'tishmoqda. Kunnig ikkinchi yarmida esa futbolchilar CHirchiq shahriga yo'l olishadi hamda ikkinchi yig'inni boshlashadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика