So’nggi yangiliklar

16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  5 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5

"Metallurg": “Qo'qon 1912”ga qarshi uchrashuvni Davron Karimqulov o'tkazib yuboradi Yangiliklar

"Metallurg": “Qo'qon 1912”ga qarshi uchrashuvni Davron Karimqulov o'tkazib yuboradi

“Metallurg” futbolchilari "Qo'qon-1912" jamoasi bilan bo'ladigan navbatdagi tur uchrashuviga Toshkent viloyatining CHirchiq shahrida tayyorgarlik ko'rishyapti.

Jamoa azolari vodiy safariga ertaga - juma kuni ertalab jo'nab ketishadi.

Mazkur uchrashuvda poytaxt viloyati jamoasiga tajribali himoyachi Davronbek Karimqulov yordam bera olmaydi. Sababi “Paxtakor” bilan uchrashuvda olingan sariq kartochka D.Karimqulovning mavsumdagi to'rtinchi ogohlantirilishi edi. SHu boisdan u navbatdagi tur o'yinini o'tkazib yuborishga majbur. Tarkibga esa jamoa to'purari Zohid Abdullaev qaytdi. U mashg'ulotlar jarayonida faol ishlayapti. “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmagan Zohid Abdullaev hozircha to'purarlar poygasida “Lokomotiv” hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqovdan ikkita to'pga ortda qolayapti.

Qo'qonda bo'lib o'tadigan uchrashuvni mamlakatimizning eng tajribali hakami, FIFA referesi Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Zahiradagi hakam Akmaljon Rahimov esa asosiy tarkiblar o'yinidan bir kun muqaddam yoshlar tarkiblari uchrashuvini ham boshqarib boradi.


Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Metallurg (Bekobod). 17 sentyabr. Qo'qon shahri.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J.Saidov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.


"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика