"Metallurg" - "Qo'qon-1912". Jamoalar qanday rangli formada o'ynashi ma'lum

Narzulla Saydullayev
15 mar 2018, 11:34
Bugun Toshkent shahridagi "O'zbekiston" mehmonxonasida "Metallurg" va "Qo'qon-1912" jamoalarining rasmiylari va PFL vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda ertaga bo'lib o'tadigan superliga 3-tur doirasidagi "Metallurg" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi o'yinning tashkiliy jihatlari ko'rib chiqilib, unda uchrashuv komissari Roman Chernikov jamoalar vakillariga o'yinda bo'ladigan holatlar va  tashkiliy masalalar haqida batafsil tushuncha berib o'tdi.

Yig'ilishda jamoalarning ertangi uchrashuvda kiyadigan liboslari tasdiqlandi. Unga ko'ra mezbonlar , "Metallurg" jamoasi to'q-ko'k rang, "Qo'qon-1912" jamoasi esa havorang liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz