So’nggi yangiliklar

00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  1 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  13 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  122 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  2 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  1 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2

"Metallurg" qaerga ketyapti? Yangiliklar

"Metallurg" qaerga ketyapti?

Superliganing 20-turida Jizzaxda mehmon bo'lgan bekobodliklar boshlari egik holda ortga qaytishga majbur bo'lishdi.

SHu tariqa "Metallurg" mavsumdagi 13-mag'lubiyatini qabul qilib oldi va bu borada barchadan o'zib ketdi ("Surxon" bilan birga). Bu yilgi Bekobod klubini tanib bo'lmayapti. Jamoa ayni paytda 19 ochko bilan musobaqa jadvalida 10-bo'lib turibdi. Xavfli hudud bilan oradagi tafovut atigi 3 ochko. 

Etibor qiling, "Metallurg" so'nggi 9 o'yinda 27 ochkolik imkoniyatdan atigi 3 ochko to'pladi. Jamoa oxirgi 3 oyda 4 ta gol urdi, xolos. 

Turnir jadvalida "Metallurg"dan ortda qolayotgan 4 klubning ("Mashal", "Andijon", "Surxon", "Turon") barchasi oxirgi 9 turda nisbatan yaxshiroq natija qayd etdi. Bu davrda Superligadagi eng yomon klub aynan "Metallurg" bo'lib turibdi. Agar Jasur Abduraimov o'z shogirdlarini zudlik bilan o'zgartirmasa, jamoa Pro liga sari dadil odimlamoqda. Voqealar rivoji shu taqlid davom etsa, "Metallurg" 1 turdan keyin autsaydarlar zonasiga tushib qoladi.

O'tgan yilgi mavsumga etibor qaratamiz. 2020 yilning 20-turidan keyin Andrey SHipilov jamoasi hisobida 32 ochko bor edi (hozirgidan 13 ochko ko'proq). Jamoa 6-o'rinda bo'lib, xavfli hududdan 20 ochko oldinda bo'lgani holda elitada qolishni kafolatlab bo'lgandi.

Yuqorida "Metallurg" Pro ligaga tushish uchun davogarlardan biri, deyildi. Jamoaning bo'lajak raqiblari haqidagi malumot jamoa muxlislarining bu boradagi xavotirini yanada kuchaytirsa kerak.

21-tur. "Metallurg" — "Lokomotiv" (8-o'rin)

22-tur. "Nasaf" (6-o'rin) — "Metallurg"

23-tur. "Metallurg" — AGMK (3-o'rin)

24-tur. "Navbahor" (6-o'rin) — "Metallurg"

25-tur. "Metallurg" — "Turon" (14-o'rin)

26-tur. "Qizilqum" (7-o'rin)  — "Metallurg"

Xullas, Bekobod jamoasida ahvol og'ir. Yuqoridagi savollarga esa mavsum oxirida javob topishimiz mumkin.

"Surxon"ga bitta "zarb" etadi

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика