“Metallurg”: O'rinbosarlar mavsumga shaymi?
26 fev 2014 07:25
Yangiliklar

“Metallurg”: O'rinbosarlar mavsumga shaymi?
“Metallurg” jamoasining o'rinbosarlari tarkibi shu kunlarda Bekobod shahrida yangi mavsumga murabbiylar Fevzi Davletov hamda Odil Isaboevlar qo'l ostida hozirlik ko'rmoqda.
O'tgan kuni “Metallurg” jamoasi yoshlar tarkibi Toshkentdagi temir yo'llar muhandislik instituti maydonida “Lokomotiv” BFK jamoasiga qarshi ko'rik uchrashuvini o'tkazdi va 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Bekobodliklar goliga Ulug'bek Xudoyorov mualliflik qildi.
Yoshlar tarkibi ham asosiy tarkib singari deyarli o'zgarishsiz saqlanib qolingan. O'tgan yili jamoa sharafini himoya qilgan yoshlar safida yangi zo'yinchilar ham ko'rikdan o'tkazilayapti. Jumladan, “Registon”dan Siroj Abdurasulov, NBU-Osiyodan Konstantin Petrov hamda “Yangier”dan Daler Niyozovlar mashg'ulotlarda qatnashyapti. Ko'rikda bo'lib turgan 1995-96 yilda tug'ilgan yosh futbolchilardan kimlar “Metallurg” safida qoladi, buni vaqt ko'rsatadi.

Fikrlar