So’nggi yangiliklar

19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   7 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  7 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0

“Metallurg”: “Obod”ga imkoniyat boy berildi Yangiliklar

“Metallurg”: “Obod”ga imkoniyat boy berildi

Teglar :  MetallurgObod
Davralar oralig'idagi tanaffusdan keyin Toshkent viloyati CHorvoq tog' hududida jismoniy tiklanish mashg'ulotlarini o'tab bo'ldi.

CHirchiq shahriga qaytib tushgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi kecha Qibrayda Toshkentning “Obod” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. 

O'yin poytaxtliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol “Metallurg” himoyachisi Jasur Ahmedov hisobiga yozildi – avtogol. “Metallurg” murabbiylari o'yin davomida ixtiyorlaridagi barcha o'yinchilarni sinab ko'rishga qaror qilishdi. SHu boisdan ham ikkita taymda maydonda boshqa bashqa tarkiblar harakat qilishdi. Bevosita o'yinni kuzatish jarayonida “Metallurg” o'yinchilari jismoniy yuklamadan to'liq chiqib ketmaganligi sezildi. Poytaxtliklar esa aksincha juda erkin va engil o'yin namoyish etishdi.

Ikkinchi davra arafasida G'uzorning “SHo'rtan” jamoasida mashg'ulotlarda qatnashgan Ulug'bek Xudoyberdiev yana bekobodliklar safiga kelib qo'shildi. Jamoa hujumchilaridan SHohnazar Norbekov (“Olmaliq”) hamda Jasur Hakimov (“Paxtakor”) va himoyachi Vusol Magerramov (“SHo'rtan”)larning ikkinchi davrani boshqa klublarda o'tkazishlari ehtimoli yuqori. O'z navbatida “Metallurg” tarkibida ham yangi o'yinchilar paydo bo'lishi kutilyapti. Bu masalalarning barchasi transfer oynasi yopilguncha oydinlashadi.


"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика