So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

“Metallurg” “Neftchi”ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi Yangiliklar

“Metallurg” “Neftchi”ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi

Teglar :  MetallurgNeftchi
Mamlakat chempionatining 14-turida peshqadam “Lokomotiv” bilan durang o'ynagan “Metallurg” futbolchilari bir kunlik tanaffusdan keyin yana CHirchiq shahridagi qarorgohida to'planishdi va mavsumning birinchi davrasi oxirgi turiga tayyorgarlikni boshlashdi.

15-turda bekobodliklar safarda mamlakatimizning eng nomdor klublaridan biri, besh karra O'zbekiston chempioni – Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ayni paytda “Metallurg”ning barcha o'yinchilari mashg'ulotlarda qatnashayapti. “Bunyodkor” bilan uchrashuvning 35-daqiqasida tirsagidan jarohat olgan Ayubxon No'monov individual tarzda shug'ullanmoqda. Uning “Neftchi”ga qarshi o'yinga qadar tayyor bo'lishi aniq emas. “Lokomotiv” bilan o'yinning birinchi bo'limidayoq almashtirilgan Jahongir Abdumo'minovning esa holati ancha yaxshi. Jamoadagi qolgan barcha futbolchilarning salomatligi joyida.

SHu o'rinda “Neftchi” “Metallurg” uchun o'ta noqulay raqiblardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Mazkur jamoalar milliy chempionatlarimiz doirasida bugungacha 36 ta uchrashuv o'tkazish bo'lishsa, shulardan 22 tasi vodiyliklarning g'alabasi bilan yakunlangan. 8 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. Faqatgina 6 o'yinda omad bekobodliklar tomonida bo'lgan. Mazkur g'alabalardan bittasini “Metallurg” safarda qo'lga kiritgan. Bu 2013 yilgi mavsumda sodir bo'lib, o'yinning 80-daqiqasida Sunnatilla Mamadaliev tomonidan kiritilgan yagona gol uchrashuv taqdirini hal etgandi. O'tgan mavsum esa har ikkala o'yinda farg'onaliklar zafar quchishgan.

Bu yilgi dastlabki to'qnashuvni “Neftchi” himoyachisi Dilyorbek Ermatov sariq kartochkalari to'planib qolganligi bois o'tkazib yuborishi malum bo'ldi. O'yinni esa poytaxtlik tajribali hakam Vladislav Ceytlin boshqarib boradi.

15-tur, 1 iyul

Neftchi (Farg'ona) – Metallurg (Bekobod)
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), S. SHoyusupov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).


"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика