So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

“Metallurg” – “Navbahor”. Prevyu Yangiliklar

“Metallurg” – “Navbahor”. Prevyu

Teglar :  NavbahorMetallurg
2018 yilgi mamlakat milliy chempionatini "Metallurg" o'z uyida Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Mazkur jamoalar bugungacha kuchlilar safida 43 marta to'qnash kelishgan.

Bugungacha ortda qolgan o'yinlarning 11 tasida "Metallurg" g'alaba qozongan. O'n ikkita o'yinda kuchlar teng kelgan bo'lsa, 20 bahsda namanganliklarning yutug'i bilan yakunlangan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar nisbatidagi farq "Navbahor" foydasiga – 45:65. Ushbu jamoalarning o'zaro qarama-qarshiliklaridagi eng yirik hisob 2003 yili qayd etilgan. O'shanda bekobodliklar «Navbahor»ga  0:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan. Bu bekobodliklarning oliy liga bahslaridagi ham eng yirik mag'lubiyati hisoblanadi. Ikki mavsum muqaddam “Metallurg” “Navbahor”ni 5:1 hisobida dog'da qoldirib, bu jamoalar to'qnashuvidagi yirik g'alabasini rasmiylashtirdi. Ungacha bekobodliklar “Navbahor”ni muqaddam uchta to'p farqi bilan yutgandi.

Navbahorchilardan mazkur to'qnashuvlarda eng ko'p muvaffaqiyatga erishgan futbolchi SHuhrat Mirxoldirshoev sanaladi. U bekobodliklar darvozasiga 12 ta to'p kiritgan. “Metallurg” jamoasidan esa Zohid Abdullaev raqiblari darvozasini 7 marta ishg'ol etgan.

Bu yilgi mavsumda jamoalar uch marta to'qnash kelishdi. Ulardan ikkitasida hisob ochilmagan bo'lsa, yana bittasida namanganliklar zafar quchishgan. Bekoboddagi o'yin 2018 yil hisobidan to'rtinchi bahs bo'ladi.

Jamoalarning Bekobodda o'tkazilgan so'nggi olti uchrashuvi:
2018  “Metallurg” – “Navbahor” – 0:0
2017  “Metallurg” – “Navbahor” – 0:0
2016  “Metallurg” – “Navbahor” – 5:1
2015  “Metallurg” – “Navbahor” – 2:3
2014  “Metallurg” – “Navbahor” – 2:0
2013  “Metallurg” – “Navbahor” – 2:1



Tanishing, raqib: “Navbahor” (Namangan)

“Navbahor” mamlakatimizning eng nomdor jamoalaridan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida namanganliklar bir marta O'zbekiston chempioni (1996) bo'lishdi. Uch marta O'zbekiston kubogini boshlari uzra baland ko'tarishgan bo'lishsa (1992, 1995, 1998), bir marta superkubok sohiblari ham bo'lishgan (1999). SHuningdek, “Navbahor” chempionatlarimizda 8 marta bronza medali bilan taqdirlangan va bu borada faqatgina Qarshining “Nasaf” jamoasidan ortda qolayapti, xolos.

Namangan shahrida futbol klubiga 1974 yilda asos solingan bo'lib, u turli yillarda “Tekstilshik” (1974-80), “Avtomobilist” (1984-87) nomlari bilan yuritilgan. 1981-83 hamda 1988 yildan to hozirgi kungacha “Navbahor” nomi bilan o'ynab kelayapti.

Jamoaning O'zbekiston chempionatlaridagi to'purari SHuhrat Mirxoldirshoev. U namanganliklar tarkibida o'tkazgan 144 o'yinida raqiblari darvozasiga 127 ta gol kiritgan. Biz uchun ahamiyatli jihati shundaki, Mirxoldirshoev futbolchilik faoliyatini 1999 yilda aynan Bekobodda – “Metallurg” jamoasi tarkibida boshlagan. “Navbahor”da esa 2000 – 2004 yillarda o'zining to'purarlik qobiliyatini namoyish etgan. U faoliyati davomida jami 222 ta gol kiritib. Gennadiy Krasnickiy klubi azosi bo'lgan.

 “Navbahor” bugungacha O'zbekiston chempionatlarida 799 ta uchrashuv o'tkazib, shulardan 378 tasida g'alaba qozongan. 154 o'yinda durang qayd etib, 267 uchrashuvda yutqazgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan gollari nisbati 1351:975. CHempionatdagi eng yirik g'alabasi – 10:0 (2006 yil, “Xorazm”). Eng yirik mag'lubiyati esa – 0:7 (2009, “Paxtakor”). Yana bitta etiborga molik uchrashuv, bu sermahsul o'yini – 10:3 (1996, “Kosonsoy”). Eng yirik mag'lubiyati – 0:7 (2009, “Paxtakor”).



Metallurg

Islombek Isoqjonov - 47'

Superliga 1-6. 29-tur

04/11/2018, 16:00

0
:
1
Tugadi

Navbahor

45'
90'
47'  Islombek Isoqjonov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика