Superliga. "Metallurg" uch yillik tanaffusdan keyin o'z maydonida "Nasaf"ni mag'lub etdi.
23 iyu 2021 21:57
Yangiliklar
Superliga. "Metallurg" uch yillik tanaffusdan keyin o'z maydonida "Nasaf"ni mag'lub etdi.
Metallurg Zohid Abdullayev - 45', Salamat Qutiboev - 87' |
Superliga. 9-tur 23/06/2021, 20:00 1
:
2
Tugadi
|
Nasaf SHohmalik Komilov - 63' |
Coca-Cola Superliga. 9-tur (qoldirilgan o'yin)
23 iyun, chorshanba
Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
VAR hakami: Asker Najafaliev
VAR assistent: Maksim Nexochin
VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: SHerzod Rajabov.
METALLURG – NASAF 2:1
Gollar: Zohid Abdullaev 45+1', Salamat Quttiboev 87' – SHohmalik Komilov 63'
"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 8.Salamat Quttiboev, 14.Abrorbek Toshqo'ziev (10.SHahzodbek Nurmatov, 71), 15.Zohid Abdullaev ( 11.Ivan Nagaev, 69), 21.Kamoliddin Tojiev, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 28.Stanislav Andreev (4. Odilbek Abdumajidov, 54), 48.Dilshod Rahmatullaev, 55.Akbar Ismatullaev, 98.Damir Temirov.
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 7.Doniyor Narzullaev, 9.Mahmud Qudratillaev, 25. SHaxzodjon Nematjonov, 36. To'lqin Ergashev, 43. Davron Anvarov.
“Nasaf”: 35.Abduvohid Nematov, 4. Husniddin Aliqulov, 8. Dilshod Saitov, 14. SHokir Yo'ldoshev (20. Suhrob Nurulloev, 61), 19. Husayn Norchaev (15. Jo'rabek Mannonov, 81), 22. Akmal Mozgovoy, 34. SHerzod Nasrullaev (5. G'olib G'aybullaev, 81), 70. Abubakr Rizo Turdaliev (50. SHohmalik Komilov, 61), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich (6. Murodbek Rahmatov, 61), 92. Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 75. SHahzodbek Suyunov, 25. Muhriddin Zoirov, 28. Sardor Sadullaev.
Ogohlantirishlar: Salamat Quttiboev (46), SHokir Yo'ldoshev (53), SHohmalik Komilov (90+4).
Bahs yakunlandi! "Metallurg" uch yillik tanaffusdan keyin o'z maydonida "Nasaf"ni mag'lub etdi.
90+4. SHohmalik Komilov to'pni qo'li bilan o'ynagani bois ogohlantirildi.
90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
87. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Salamat Quttiboev darvozani ishg'ol qilib, "Metallurg"ni hisobda oldinsha olib chiqdi – 2:1!
84. Damir Temirovga tibbiy yordam zarur bo'lmoqda.
81. "Nasaf"da 2 ta almashtirish: Nasrullaev o'rniga G'aybullaev, Norchaev o'rniga Mannonov tushirildi.
77. Norchaev o'ng tomondan markaz tomon yurdi, ammo Ismatullaevgi to'pni oldirdi. SHundan so'ng o'yin qoidasini ham buzdi.
76. Zarba! "Nasaf" qarshi hujumga o'tib ketdi, Nurulloevning ajoyib uzatmasidan keyin Norchaev aniq zarba bera olmadi.
73. Toshpo'latovning uzatmasidan so'ng Nagaev to'pni osmonga qarab tepdi.
72. Hakam o'yinni to'xtatib turdi. U VAR bilan aloqa o'rnatdi. Davom etamiz.
71. "Metallurg"da o'zgarish: Abrorbek Toshqo'ziev o'rniga SHahzodbek Nurmatov maydonga tushdi.
69. "Metallurg"da almashtirish: Zohid Abdullaev o'rniga Ivan Nagaev o'yinni davom ettiradi.
68. Norchaevning uzatmasidan so'en Oybek Bozorov markazda to'pni to'xtata olmadi.
66. "Nasaf" yana oldinga bormoqda, jamoa keyingi to'pni kiritishga jiddiy kirishdi.
63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bozorovning qulay pasini zaxiradan tushgan SHohmalik Komilov golga aylantirdi – 1:1!
61. "Nasaf"da 3 ta o'zgarish: Marko Stanoevich o'rniga Murodbek Rahmatov, Abubakr Rizo Turdaliev o'rniga SHohmalik Komilov, SHokil Yo'ldoshev o'rniga Suhrob Nurulloev tushdi.
58. Jamoalar navbatma-navbat hujum uyushtirishmoqda.
54. "Metallurg"da o'zgarish: Stanislav Andreev o'rniga Odilbek Abdumajidov tushirildi.
53. Andreevni to'xtatib qolgan SHokil Yo'ldoshev ogohlantirildi.
50. Ketma-ket zarbalar! Bozorovning uzatmasidan so'ng Norchaev bosh bilan zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga Stanoevich ega chiqib, u ham bosh bilan zarba berdi, bu gal sal noaniq.
46. Quttiboev Nasrullaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus!
45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Stanoevichning xatosidan so'ng Zohid Abdullaev hisobni ochdi – 1:0!
45+1. Zarbaaaa! Salamat Quttiboevning kuchli zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.
45. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shildi.
43. Zarba! SHerzod Nasrullaevning olis masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.
40. Tojiev o'yin qoidasini buzdi, "Nasaf"da standart vaziyat.
36. Quttiboevning zarbasidan keyin to'p himoyachining qo'liga tegdi. VAR jim...
34. Toshqo'zievning ichkariga pasi, Abduvohid Nematov to'pni mushti bilan urib yubordi.
31. "Nasaf"ning ketma-ket hujumlari hozircha samara bermayapti.
28. "Nasaf" hujum boshladi. Bozorovning zarbasi himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi.
24. Dilshod Rahmatullaev hushtakdan so'ng to'pni tepib yuborgani bois hakam tomonidan og'zaki ogohlantirildi.
20. G'ofurbekovning uzatmasidan keyin Toshqo'ziev zarba berishga ulgurmadi.
17. SHokir Yo'ldoshev raqib jarima maydoni ichida faollik ko'rsatdi, xavf himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi.
16. "Nasaf" burchak to'pini o'yinga kiritdi, hozircha bu muvaffaqiyat keltirmadi.
15. Bizdagi malumotlarga qaraganda, to'p "Nasaf" azosining qo'l bilan o'ynagan yoki o'ynamaganligi tekshirilyapti ekan.
14. Yana VARga murojaat qilinmoqda. Eng qizig'i, nima tekshirilayotganini hakamlardan boshqa hech kim bilmaydi.
12. To'p hujum qilayotgan tomon vakili – Toshpo'latovning qo'liga tegib qoldi.
12. Zarba! Dimir Temirovning zarbasidan so'ng to'p rikoshet orqali maydondan chiqib ketdi, burchak to'pi.
11. Oybek Bozorov himoyada to'pni o'zida saqlab tura olmadi, "aut".
9. SHahzodbek G'ofurbekov tushunarsiz uzatmani amalga oshirdi.
8. Abubakr Rizo Turdaliev markaz tomon pas uzatdi, Lobanov baland sakrab to'pga ega chiqdi.
5. Andreevning jarimadan amalga oshirgan uzatmasidan keyin ichkarida Abdullaev va Nematov to'qnashib ketishdi.
3. VARda nimanidir ko'rishdi, bosh hakam o'yinni to'xtatib, kutib turdi.
2. Zarba! Uchrashuvdagi dastlabki xavfli vaziyat! Quttiboevning bosh bilan bergan zarbasini himoyachilar qaytarishdi, burchak to'pi.
1. O'yinga start berildi!
- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar