"Metallurg": Luisma Ernandesga Ispaniyadan yana bir yordamchi keldi
27 iyu 2022 17:01
Yangiliklar
"Metallurg": Luisma Ernandesga Ispaniyadan yana bir yordamchi keldi
"Iyul oyining boshida bosh murabbiy Luisma Ernandesga falsafa fanlari doktori Roberto Ovexero yordamga kelganligi haqida xabar bergandik. Mazkur haftadan etiboran xorijlik mutaxassislarimiz soni uch kishiga etdi. Endilikda Viktor Martin Alba ham “Metallurg” PFK asosiy tarkibining Superliga bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga masul hisoblanadi.
Viktor Martin Alba 30 yoshda. 1992 yilning 30 avgust sanasida tavallud topgan. Madrid universitetini tamomlagach, “Real” (Madrid) klubida ish boshlagan. Roberto Ovexero bilan birgalikda “qirollik klubi”ning S hamda V ligalardagi jamoalarida Antonio Kalderon, Santyago Solari, Tristan Selator, Pedro Sanches singari murabbiylar bilan birga faoliyat yuritgan. Ikkinchi dvizionda “Ovedo” jamoasida bosh murabbiy Fernando Yerroga yordam berishgan.
“Metallurg” PFKning ahil jamoasiga xush kelibsiz, Viktor!!!", — deyiladi bekobodliklar xabarida.
Fikrlar