So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  0 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  7 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  2 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  4 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  3 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  6 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

"Metallurg" Jeparov, rossiyalik legioner va 6 nafar yangi futbolchini tanishtirdi Yangiliklar

"Metallurg" Jeparov, rossiyalik legioner va 6 nafar yangi futbolchini tanishtirdi

​Bugun 21 fevral kuni Bekobodning “Metallurg” klubi 2019 yilgi mavsum oldidan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Tadbir Toshkentdagi “Milliy” stadionda bo'lib o'tdi.

Yangi mavsumda “Metallurg” safini darvozabonlar Aleksandr Lobanov, Akmal Tursunboev, himoyachilar Kamoliddin Tojiev, SHavkat Mullajonov, yarim himoyachilar Server Jeparov, Doniyor Usmonov, Muzaffar Muzaffarov hamda rossiyalik legioner Sergey Tumasyan to'ldirishdi. 

Futbolchilarga quyidagi raqamlar topshirildi:
Aleksandr Lobanov – 12
Akmal Tursunboev – 35
SHavkat Mullajonov – 18
Kamoliddin Tojiev – 21
Muzaffar Muzaffarov – 17
Server Jeparov – 8
Sergey Tumasyan – 70
Doniyor Usmonov – 19.


Tanishtiruv marosimidan so'ng “Metallurg” bosh murabbiyi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi: 24 dekabrdan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagandik. So'nggi 3 kunni hisobga olmasak, barcha rejalarimiz amalga oshirildi. Toshkentda qor yoqqani uchun mashg'ulot o'tkazish qiyinlashdi. Turkiyada xorij yig'inini o'tkazdik. Faqat yangi mavsum qachon boshlanishini kutayapmiz xolos. Hozircha rahbariyat bilan gaplashganim yo'q. Ammo ishonamanki klub oldiga yuqori o'rinlarni qo'lga kiritish vazifa qilib qo'yilishi aniq.

- Selekciya ishlaridan qoniqdingizmi?
Andrey SHipilov: - 5 yanvarga qadar jamoaning 90 foizini aniqlab olishga harakat qildik.

- Bahrom Abdurahimov nima uchun tanishtirilmayapti?
Andrey SHipilov: - Hali bu masala ochiq turibdi. Hozircha u bizning jamoada emas.

- Agar vazifa qo'yilmagan bo'lsa nimaga qarab futbolchilarni taklif qildingiz?
Andrey SHipilov: - Mening falsafam shunday: jamoamdagi futbolchilarning barchasida ambiciya bo'lishi shart. Tarkibga chaqirgan barcha futbolchilarni shaxsan taniyman. Har bir chiziqqa tajribali futbolchilarni chaqirdik.

- Savol Server Jeparovga Nimaga aynan “Metallurg”ni tanladingiz?
Server Jeparov: - 
Sababi klub rivojlanib bormoqda. Bosh murabbiy aytganidek jamoa oldida yuksak maqsadlar qo'yiladi. Tarkibga chaqirilgan barcha futbolchilar jamoa manfaati uchun harakat qilishadi.


- Adashmasam Siz O'zbekistonga ilk bor keldingiz? Taassurotlar qanday?
Sergey Tumasyan: - 
Kayfiyatlar yaxshi. Bosh murabbiyga ishonchi uchun rahmat. Bunga qadar Rossiya, Finlyandiya klublarida o'ynadim. Men Rostov futbol maktabi tarbiyalanuvchisiman. Bugungi kunda Rostovda ishlayotgan sobiq futbolchi Andrey Akopyanc orqali “Metallurg” klubiga keldim.  

- Yangi mavsumda sardor kim bo'ladi?
Andrey SHipilov: 
Jamoamiz sardori Akbar Ismatullaev. U o'tgan yili ham jamoamiz sardori edi. To'g'ri tarkibda tajribali futbolchilar keldi, ammo mening qarorim shunday.

- Bir necha yil “Paxtakor”da o'ynab endi “Metallurg”ga o'tdingiz. Bu yilgi shaxsiy maqsadingiz qanday?
Aleksandr Lobanov: - Xuddi “Paxtakor”dan ketmagandekman. CHunki bu erdagi ko'p futbolchilar bilan birga o'ynaganman. Maqsadlar yuqori.

- “Paxtakor”dan aynan qaysi futbolchilarni ijaraga oldinglar?
Andrey SHipilov: - “Paxtakor”dan bu yil faqat Ibrohim Yo'ldoshev va Suhrob Nurulloev ijaraga olingan. Qolgan futbolchilar bilan shartnoma tuzilgan.

- O'tgan yil AGMK bilan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdingiz. Bu yil OCHLda ikkita o'yinda bo'lsa ham o'ynash imkoniyati bor edi. Siz esa “Metallurg”ga o'tdingiz...
Muzaffar Muzaffarov: - AGMKdan Baxtiyor Ashurmatov ketgach men ham jamoadan ketdim. Bu orada “Metallurg”dan taklif tushdi va taklifni qabul qildim. Mavsumga tayyorgarlik yaxshi bo'ldi, buni mavsum davomida namoyish etamiz.

- Uzoq yillar davomida “Paxtakor” o'ynadingiz. Jamoadan ketish og'ir bo'lgani aniq. Ketish qarori kimniki edi? Rahbariyat yoki sizning?
Kamoliddin Tojiev: 
- To'g'ri “Paxtakor” men uchun o'z uyimdek bo'lib qolgan edi. O'tgan mavsum maydonga kam tushdim. Yana bir yil zaxirada o'tirishni istamadim. SHu bois ketishga qaror qildim. Bu yil bor kuchim bilan “Metallurg”ga yordam beraman.

- Odatda futbolchilar sobiq klubiga gol ursa nishonlamaydi. Siz “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv”da o'ynagansiz. Qaysi jamoaga gol ursangiz nishonlamaysiz?
Server Jeparov - Hamma jamoaga gol ursam uni nishonlayman (kuladi). CHunki hozir “Metallurg” azosiman.

- Tarkibda yoshi katta o'yinchilar ko'proq emasmi?
Andrey SHipilov: - Yosh futbolchilar kimdandir o'rganishi kerak to'g'rimi? Bizning jamoadagi yoshlar ham Jeparov, Tojiev, Mullajonov kabi tajribali futbolchilar oldida o'ynab o'sishadi. Yosh talaba birdaniga oliy malakali shifokor bo'la olmaydi. Kamida o'tgan yilgi o'rinni egallashni yoki undan yuqoriroqni egallashni istaymiz. Tarkibdagi yosh futbolchilarni turli yoshdagi terma jamoalarga etkazib berishga harakat qilamiz.


- Osiyo yulduzi Server Jeparovning kelishi jamoa brendini oshirishi aniq...
Andrey SHipilov: - Jeparov kabi futbolchining “Metallurg”ga kelishi uy o'yinlariga tashrifchilarning kelishi oshadi deb o'ylayman. Yoshlar Jeparovni taniydi, uning o'yinlarini ko'rishni istashadi. Bekobod xalqi mehnatkash, ular stadionga kelib xordiq olishlari uchun harakat qilamiz.
“Metallurg” sekin asta qadamlar bilan rivojlanib bormoqda. Hech nimani 1-2 yilda qurib bo'lmaydi. Masalan, bizning yoshlar jamoamiz 4ta o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Tojikiston va Qozog'izstonda. Qaysi jamoaning yoshlari xorij klubi bilan uchrashuvda maydonga tushdi? Bu ham “Metallurg”

- O'zbekistonning ko'p klublarida o'ynagansiz. Bu yilgi “Metallurg” tarkibidan kelib chiqib qanday o'rinlarni oladi deb o'ylaysiz?
SHavkat Mullajonov: - Jamoa kuchli futbolchilar bilan kuchaydi. Barchasini mavsum ko'rsatadi. Bu yil yoshlarga o'z tajribamizni ulashishga harakat qilamiz. Mavsumdan oldin turkiyada yig'in o'tkazdik. Hozircha to'liq tayyor emasmiz, ammo hali vaqt bor. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz.

- 2019 yil Superliga favoritlari va autsayderlari kim bo'ladi deb o'ylaysiz?
Andrey SHipilov: - Favoritlar “Lokomotiv” va “Paxtakor”. Kuchli uchlikka AGMK qo'shilsa kerak. Austayderlarni esa ayta olmayman. CHunki hozir aytsam mendan xafa bo'lishadi.  

- “Metallurg”da darvozabonlar orasida raqobat kuchli. Qo'rqmadingizmi?
Akmal Tursunboev: - 
Raqobat bo'lsa yaxshiku. Har bir futbolchi o'sadi. Andrey SHipilovga ishonch uchun rahmat aytaman. Uning ishonchini oqlashga harakat qilamiz. CHempionatda

- Nima uchun “Metallurg”ni tanladingiz?
Doniyor Usmonov: - 
Bekobod klubida futbolchi sifatida o'sish uchun keldim. Jamoa ahil, futbolchilar ahil. Oldimizga yuqori maqsadlar qo'yilgan.


Narzulla Saydullaev

foto: Tolibjon Qosimov

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика