“Metallurg” Irmatov kelganini tasdiqladi
17 jan 2018 15:52
Yangiliklar
“Metallurg” Irmatov kelganini tasdiqladi
Kunning birinchi yarmida bekobodliklar “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonida shug'ullanishayotgan bo'lishsa, kunning ikkinchi yarmida mashg'ulotlar “Paxtakor” BO'SM maktabiga qarashli maydonda o'tkazilmoqda.
Bu hafta murabbiylar shtabi ixtiyorida 30 nafardan ziyod futbolchilar ko'rikdan o'tishyapti. Yangi kelgan o'yinchilar orasida futbol ishqibozlariga Farg'onaning “Neftchi” jamoasidagi faoliyati orqali yaxshi tanish bo'lgan Dilyorbek Irmatov ham bor.

SHuningdek, mashg'ulotlarda “Metallurg” futbol klubining o'tgan yilgi yoshlar tarkibidan kelgan o'yinchilardan tashqari “Paxtakor”, “Bunyodkor” singari futbol klublari o'rinbosarlari ham ko'rikdan o'tishmoqda.
Bugun futbolchilar ikki tarkibga bo'lingan holda kichik nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Unda Zohid Abdullaev etakchiligidagi asosiy tarkib azolari sardor tomonidan urilgan ikki gol evaziga g'alaba qozonishdi.
Mashg'ulotlar yakunlangach bir qator futbolchilarga javob berildi. SHanba kuni ushbu hafta yakunlari “Bunyodkor” yoshlar jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi bilan intiho topadi. Bu nazorat o'yinidan keyin ko'rikda turgan yana bir qator futbolchilarning taqdiriga oydinlik kiritiladi.
"Neftchi"ni yana bir futbolchi tark etdi. Dilyorbek Irmatov “Metallurg”da
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar