So’nggi yangiliklar

00:06Ўртоқлик ўйини. Боливия U-17 - Ўзбекистон U-17 0:0 (онлайн ҳисоб)  2 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  0 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  6 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  7 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  1 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  4 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  1 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  2 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  5

“Metallurg” futbolchilari test sinovlaridan o'tishdi Yangiliklar

“Metallurg” futbolchilari test sinovlaridan o'tishdi

Teglar :  Metallurg
Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan o'tkazilgan nazorat uchrashuvidan keyin murabbiylar shtabi “Metallurg” futbolchilariga bir kunlik dam berishgandi.

Bugun ertalabdan bekobodliklar yana Qibray o'quv-mashg'ulot maskanida to'planishdi va Superliga jamoalari oldiga qo'yilgan asosiy talablardan biri – jismoniy tayyorgarlikni aniqlovchi test-sinovlaridan o'tishdi. O'zbekiston Futbol Associaciyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari pedagogika fanlari nomzodi, professor SHamil Iseev boshchiligida to'rtta yo'nalish bo'yicha futbolchilarning holatini nazoratdan o'tkazishdi. 30 metrga yugurish, turgan joydan uzunlikka sakrash, 7x50 metrga yugurish hamda "Yo-Yo" test mashqlarini “Metallurg” futbolchilari ko'tarinki, xushchaqchaq kayfiyatda topshirishdi. Birinchi safargi ko'rikda futbolchilar ayniqsa "Yo-Yo" testida qiyinchilikka duch kelishgandi. Bu safar esa “Metallurg” o'yinchilarining 70 foizdan ziyodrog'ida muammo bo'lmadi. O'z navbatida tekshiruv guruhi vakillari ham jamoaning holati mo'tadillashganini, mavsum boshlanishiga qadar optimal holatga ko'tarilishini takidlashdi. Test-sinovlari yakunlari O'FA metodik markazida tahlil etilgach, bayon etiladi.

“Metallurg” futbolchilari esa ertadan yana ikki mahallik mashg'ulotlar jarayonini davom ettirishadi. O'z navbatida 14 fevralda “Neftchi”, 17 fevralda esa “So'g'diyona” bilan nazorat uchrashuvlarida kuch sinalishini ham aytib o'tmoqchimiz. Ko'rik o'yinlari Qibray bazasi maydonlarida bo'lib o'tadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика