So’nggi yangiliklar

14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  0 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  0 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  3 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  3 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  5 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  18 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  24 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0

“Metallurg” – “Bunyodkor” (yoshlar) – 3:2 Yangiliklar

“Metallurg” – “Bunyodkor” (yoshlar) – 3:2

Yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan “Metallurg” navbatdagi ko'rik uchrashuvini ham Toshkentdagi “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi suniy qoplamali maydonida mezbonlarga qarshi o'tkazib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Bu gal ham toshkentliklar “Metallurg”ga qarshi yoshlar tarkibini qo'ydi.

Uchrashuv tajribali bekobodlik futbolchilarning ustunligi ostida boshlandi. Mahorat bobida ustun bo'lgan “Metallurg” birinchi taymda maydon markazini qo'ldan boy bermadi. Tayanch yarim himoyachilari qanotlar bo'ylab Murod Toshmatov, Ruslan Vagapov, SHohnazar Norbekovlarni tez tez hujumga chorlab turishdi. Bu esa o'z samarasini bermasdan qolmadi. SHunday hujumlarning birida “Bunyodkor” yoshlari to'pni qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yuborishgandi. Burchakdan kiritib berilgan to'pni etiborsiz qoldirilgan Murod Toshmatov kuchli zarbasi bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi.

Ikkinchi taymda bunyodkorchilar tezlikni oshirishdi. O'z navbatida “Metallurg” qarshi hujumlarda farqni oshirish uchun bir necha qulay imkoniyatlarga ega bo'ldi. Ammo futbolda sen urmasang, senga urishadi degan ibora bu gal ham o'z isbotini topdi. Mezbonlar hujumini bekobodliklar ikki marta jarima maydonchasida qoidaga xilof tarzda to'xtatishdi. Belgilangan ikkala penaltidan ham “Bunyodkor” unumli foydalanib, hisobda oldinga o'tib oldi. Ammo tajriba o'yin yakunida yana qo'l keldi. Avvaliga Murod Toshmatov dublini rasmiylashtirgan bo'lsa, o'yin tugashiga ikki daqiqa qolganda Dilmurod Karimov mezbonlarni uchinchi marta o'yinni maydon markazidan boshlashga majbur etdi.

“Metallurg” keyingi uchrashuvni ham “Bunyodkor”ga qarshi o'tkazadi. 24 yanvar kuni toshkentliklarning asosiy tarkibi bekobodliklarga qarshi o'z maydonida to'p suradi.

“Metallurg” bugungi o'yinni quyidagi tarkibda o'tkazdi:

Rahimjon Rahmonberdiev, Hikmat Hoshimov, Javlon Mirabdullaev, Mirg'iyos Sulaymonov, Aleksandr Kovalev, Doniyor Odilov, Said Abdujabborov, Ruslan Vagapov, Murodjon Toshmatov, Dilmurod Karimov, SHohnazar Norbekov.

Zahiradagilar:Temur To'ychiev, Mirto'ra Akbarov, Davron Karimqulov, Sunnat Ermatov, Zohid Abdullaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика