“Metallurg” bosh murabbiyi “Surxon”ga qarshi uchrashuvda texnik zonaga qo'yilmaydi
03 avg 2021 12:01
Yangiliklar
“Metallurg” bosh murabbiyi “Surxon”ga qarshi uchrashuvda texnik zonaga qo'yilmaydi
SHu tariqa u, “2021 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 20.6-bandini buzgani uchun moddiy jarimaga tortilgandi.
Jasur Abduraimov 13-turdan o'rin olgan “Qizilqum” klubiga qarshi uchrashuvdan keyin ham matbuot anjumanida qatnashmadi va ikki qayta Reglament talablarini buzdi. SHundan kelib chiqib, O'zPFL Abduraimovning licenziyasini navbatdagi tur uchun bekor qiladi. Yani, Jasur Abduraimov 15-turdan o'rin olgan “Surxon”ga qarshi uchrashuv vaqtida kiyim almashtirish xonasidan to'g'ri muxlislar sektoriga yo'l oladi, uchrashuv komissari texnik zonaning zaxira o'rindiqlari joylashgan qismiga Jasur Abduraimovni qo'ymaydi.
SHuningdek, 12-turdan keyin chiqarilgan qaror bo'yicha “Metallurg” futbol klubi Jasur Abduraimov jarimasini to'lab bermagunga qadar, bosh murabbiy klubning kelasi uchrashuvlarida ham texnik zonaga kiritilmaydi.
Fikrlar