"Metallurg" bosh murabbiyi hakamlarni yomonlagani uchun jarima to'laydi
18 sen 14:49
Yangiliklar
"Metallurg" bosh murabbiyi hakamlarni yomonlagani uchun jarima to'laydi
Superliga 18-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Metallurg" uchrashuvi yakunlanganidan keyin bildirgan fikri uchun mehmonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy jarimaga tortiladi.
"Superliga va Proliga reglamenti"ning 23.11-bandida bosh murabbiy hakamlik yuzasidan etiroz bildirsa va ayni vaqtda klub shu bob bo'yicha belgilangan tartibda rasmiy shikoyat kiritmasa, bosh murabbiy tegishli qo'mita qarori bilan jazolanishi belgilangan. "Olimpik" bilan o'yin yakunida (1:1) Kolosovskiy hakamlarni follar faqat bir tomon uchun berilganida ayblab, ularning xatti-harakatlarini rasvogarchilik deya baholadi. Biroq uchrashuv qaydnomasida aniq vaziyatlar va daqiqalar bo'yicha etirozlar ko'rsatilmadi.
Liga mutaxassis ishini Tartib-intizom qo'mitasiga oshiradi va uning azolaridan reglament asosida murabbiyga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llashni so'raydi.
Fikrlar