“Metallurg”: birinchi davra sarhisobi
05 iyu 2017 11:47
Yangiliklar
“Metallurg”: birinchi davra sarhisobi
Toshkentda amaldagi chempion va bu yilgi mavsum karvonboshisi “Lokomotiv”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bekobodliklar davrani 9-o'rinda yakunlashdi. “Metallurg” 15 ta uchrashuvning 6 tasida g'alaba qozondi, 2 ta o'yinda durang o'ynadi, 7 ta uchrashuvda esa imkoniyatni boy berdi. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar nisbati 20:19.
Jamoaning mazkur natijasiga futbolchilar qanday ulush qo'shishdi. Keyingi yillardagidek, bu mavsumda ham jamoa sardori Hikmat Hoshimov boshqalarga o'rnak bo'lmoqda. U birinchi davraning barcha 15 ta uchrashuvida maydonda to'liq harakat qildi. Himoyachilarimizdan Mirg'iyos Sulaymonov ham 15 ta o'yinda maydonga tushdi, biroq bitta o'yinda u bir taym o'ynaganligi bois umumiy ko'rsatkichda jamoa sardoridan ortda qolayapti. Yana ikki nafar futbolchimiz 14 tadan o'yinda maydonga chiqishgan. Bular jamoa to'purari Zohid Abdullaev va qanot yarim himoyachisi Sanjar Qodirqulovlardir. Ularning mahorati borasidagi farqni ham maydonda bo'lgan daqiqalaridan bilib olish mumkin.
Bu yilgi mavsumda ham to'purarlar borasida Zohid Abdullaev etakchilik qilayapti. U raqiblari darvozasiga 5 ta gol urgan. Yana bir yo'la besh nafar futbolchimiz hisobida 2 tadan gol bor.
Birinchi davradagi natijalarning to'liq ko'rinishini quyidagi taqvimdan bilib olishingiz mumkin:

|
Ismi sharifi |
O'yin |
Daqiqa |
Gol |
Sariq |
Qizil |
|
Hikmat Hoshimov |
15 |
1350 |
|
|
|
|
Mirg'iyos Sulaymonov |
15 |
1305 |
|
3 |
|
|
Zohid Abdullaev |
14 |
1260 |
5 |
4 |
|
|
Sanjar Qodirqulov |
14 |
589 |
1 |
1 |
|
|
Jahongir Abdumo'minov |
13 |
1137 |
2 |
2 |
|
|
Islombek Isoqjonov |
13 |
993 |
|
1 |
|
|
Ayubxon No'monov |
13 |
777 |
2 |
1 |
|
|
Davronbek Karimqulov |
12 |
949 |
|
2 |
|
|
Murodjon Toshmatov |
12 |
939 |
1 |
1 |
|
|
Islomjon Qobilov |
11 |
736 |
2 |
1+1 |
1 |
|
Doniyor Odilov |
11 |
640 |
1 |
2 |
|
|
Dilmurod Karimov |
10 |
630 |
2 |
1 |
|
|
Suhrobjon Sultonov |
9 |
810 |
|
1 |
|
|
Alisher Ziyovuddinov |
9 |
679 |
2 |
1 |
|
|
Doniyor Ismoilov |
8 |
221 |
|
|
|
|
Timur Usmonov |
7 |
175 |
|
|
|
|
Zafar Safaev |
6 |
540 |
|
|
|
|
Dostonbek Tursunov |
6 |
396 |
1 |
2 |
|
|
Vusol Magerramov |
4 |
277 |
|
|
|
|
Muhammadodil Qahramonov |
3 |
42 |
|
|
|
|
Abror Toshqo'ziev |
1 |
90 |
|
|
|
"Metallurg" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar