"Metallurg" Antaliyaga etib bordi
15 fev 2014 23:52
Yangiliklar


"Metallurg" Antaliyaga etib bordi
Bugun erta tong bilan Turkiya tomon parvoz qilgan Bekobodning "Metallurg" klubi Antaliya shahriga etib bordi.
Qishki yig'inning bir qismini xorijda o'tkazishni maqsad qilgan "Metallurg" 15 fevraldan - 1 martgacha Antaliyada mashg'ulotlar olib boradi. Antaliya shahridagi "Atlantis" mehmonxonasiga joylashgan jamoa azolari ertadan mashg'ulotlarga kirishadilar. Turkiyaga "Metallurg" 25 nafar futbolchi bilan yo'l olgan. Ushbu yig'in davomida jamoa 4 ta nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar