“Metallurg” – “Andijon”. Islom Qobilov maydonga tushmaydi
09 iyu 2016 13:49
Yangiliklar
“Metallurg” – “Andijon”. Islom Qobilov maydonga tushmaydi
Bugun o'tkaziladigan yoshlar tarkiblari va ertaga bo'lib o'tadigan asosiy tarkiblar o'yini soat 18:00 da boshlanadi.
Ayni kunlarda poytaxtimizda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yig'in o'tkazayotganidan xabaringiz bor. Yig'inda “Metallurg”ning ikki o'yinchisi – Islom Qobilov va Javohir Esonqulovlar ham ishtirok etishyapti. Bizga malum bo'lishicha yoshlar terma jamoamiz murabbiylar shtabi J.Esonqulovning “Andijon”ga qarshi o'yinda qatnashishiga monelik qilmagan va u bugun Bekobodga etib keladi. Islom Qobilov esa terma jamoa ixtiyorida qoldi. “Andijon” jamoasi ham bitta yo'qotish bor. Sariq kartochkalarning yig'ilib qolganligi bois Ibrohim Otaxonov “Metallurg”ga qarshi o'yinda jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. Ertaga o'tkaziladigan mazkur o'yinni quyidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Metallurg (Bekobod) – Andijon (Andijon)
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
UzPFL vakili: V. Letkin.
"Metallurg" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar