Mesut Ozil: "Liverpul"ni qanday qilib yutish mumkinligini bilamiz"

Aziz Tukhtamuradov
24 avg 2015, 20:12
"Arsenal" futbolchisi Mesut Ozilning aytishicha, jamoadoshlari qanday qilib "Liverpul"ni yuta olishlarini biladilar.

"Esimda, o'tgan safar juda yaxshi o'yin namoyish etib, birinchi bo'limdayoq o'yin taqdirini hal qilib qo'ygandik.

Murabbiyning ko'rsatmalarini ham a'lo darajada bajargandik. Bugun yana bir marotaba ushbu ishni amalga oshirishimiz kerak. Biz o'z maydonimizda o'ynaymiz va "Liverpul"ni mag'lub etish yo'lini bilamiz.

O'zimizga ishonib, bor imkoniyatlarimizni ishga solishimiz kerak", - deydi Ozil.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: arsaman.ru