Mesut O'zil: “2010 yilgi JCHdan keyin “Barselona”ga o'tishim mumkin edi”
02 mar 2017 23:04
Yangiliklar
Mesut O'zil: “2010 yilgi JCHdan keyin “Barselona”ga o'tishim mumkin edi”
“Jahon chempionatidan keyin “Arsenal” bilan birga “Manchester Yunayted”, “Bavariya”, “Barselona” va “Real” meni o'z safida ko'rishni istagandi.
Mening agentim “Bavariya” vakillari bilan ushbu jamoaga o'tishimni muhokama qilishgandi. Klubdagilar unga mendan qaysi holatda foydalanishlari haqida aytishgan. Boshqa klublar bilan ham shunday holat takrorlangan.
Men “Barselona”ga o'tishimga ishongandim. CHunki dunyodagi hech bir jamoa “Barselona” singari chiroyli o'yin ko'rsatmasdi. Ammo jamoaning o'sha paytdagi murabbiyi Gvardiola jamoaga o'tishim bilan bog'liq muzokaralarda ishtirok etmadi va menga muhokamalardan keyin telefon ham qilmadi.
U mening transferimga qiziqish bildirmadi. SHu sabab “Barselona”ga o'tishga bo'lgan qiziqishim darrov so'ngandi”, deydi O'zil.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar