Mesut bilan hazillashmang! O'zil hazilkash "Tottenxem" muxlisini "qattiq jazoladi"
26 iyu 2019 13:41
Yangiliklar
Mesut bilan hazillashmang! O'zil hazilkash "Tottenxem" muxlisini "qattiq jazoladi"
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi bilan ajralib turmaydi, ammo u bazida muxlislar fikriga javob berib turadi.
Mesut O'zil bu safar "to'pchilar"ning azaliy raqibi bo'lgan "Tottenxem" ishqiboziga javob berdi.
"SHporlar" muxlisi "Tvitter" tarmog'iga surat joylab, undagi bo'sh joyga ishora qilib, quyidagi so'zlarni yozdi:
"Nega bizning jamoaviy suratimizda O'zil bor?"
Mesut esa o'sha bo'sh joy haqida shunday dedi:
"Suratga yaxshilab razm solsang, jamoangning sovrinlar xonasini ko'rasan"
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" so'nggi marta 2007-08 mavsumda sovrin qo'lga kiritgan edi. O'sha mavsum "shporlar" Angliya Liga Kubogi sohibiga aylanishgan.
Fikrlar