Messining Inter Mayamidagi sof daromadi elon qilindi
12 apr 10:10
Yangiliklar
Messining Inter Mayamidagi sof daromadi elon qilindi
Inter Mayami sardori Lionel Messining jamoadan oladigan sof daromadi elon qilindi.
«O Tempo» nashrining malum qilishicha, argentinalik yulduz oyiga 1,6 million evro ishlab oladi. SHu tariqa, Messi yiliga Florida jamoasidan jami 19,2 million evro daromad qiladi.
Messi MLSda eng ko'p oylik oladigan futbolchi hisoblanadi.
Malumot uchun, Messining «Inter Mayami» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan. U AQSH jamoasida jami 20 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgirdi. Uning hisobida 17 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.
Fikrlar
Ronaldu esa Saudiya Arabistonining o'sha vaqtda 1-o'rinda ketayotgan Al-Nasr jamoasiga borib qo'shildi. Jamoa 1-o'rindan 3-o'ringa tushib ketdi. Qirol kubogini yutqazdi, superkubokni yutqazdi, Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi. Hech qanday rasmiy sovrin yutmasdan lekin 200 million oylik olyapti. xD
Men ularning oyligiga ahamiyat bermoqchi emasman, lekin, bittasi 19 million oylik olib, chempionlar ligasida yutqazib qo'ysa ham vahima qilmadi, raqib jamoasi sharfini tursigini ichiga tiqmadi, o'yin vaqtida asbobiga imo-ishoralar qilmadi. Lekin, 200 million olayotgan futbolchi Saudiya Arabistonida uje 7 marta "Messi, Messi" hayqirig'i ostida to'p tepyapti. xD