“Messini tinch qo'y, o'g'ri!”

Eldor Akmurzayev
16 fev 2021, 20:35
Bugun YCHL 1/8 finali doirasida “Barselona” uyda PSJni qabul qiladi.

Parijliklar prezidenti Nosir Al Xelayfi mazkur uchrashuvni “Kamp Nou”dan kuzatish uchun Kataloniyaga keldi.

Aeroportdan chiqib kelayotganida PSJ rahbarini “ko'kanorranglilar” muxlislari agressiv tarzda kutib olishdi. Ishqibozlar Al Xelayfini haqoratlab: “Messini tinch qo'y, o'g'ri!”, deya qichqirishgan.

Ma'lumot o'rnida, PSJ yozda erkin agentga aylanadigan Messini o'z safiga qo'shib olish uchun kurashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua