So’nggi yangiliklar

13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  1 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  1 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  5 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  4 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  5 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  20 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасида кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  7

Messini quvib et! Yoxud ashaddiy muxlislar haqida Yangiliklar

Messini quvib et! Yoxud ashaddiy muxlislar haqida

Millionlar o'yinining ashaddiy ishqibozlari sevimli futbolchilari bilan uchrashish uchun nimalar qilishmaydi deysiz.

Kimdir qimmatli vaqtini sarflab, uzoq masofalarni bosib o'tsa, ayrimlar jamoa libosini kiyib, maydonga tushishadi. Bugun xuddi shunday muxlislar haqida so'z yuritmoqchimiz.

Yaxtaga etib olish

Yaqinda qiziq bir voqea ro'y berdi. Barselona hujumchisi Lionel Messi Ispaniyadagi mashhur kurort - Ibicada dam olayotgandi. Argentinalik futbolchi oilasi bilan vaqtini chog' o'tkazish maqsadida ijaraga yaxta olgandi. Bir payt ushbu yaxtani ishqibozlardan biri taqib eta boshladi. U o'z kumiri bilan ko'rishib, suratga tushish maqsadida suvda suzib, Leo joylashgan kemani quvib etdi. Bundan avval do'stlaridan fotoapparatni shay holda tayyorlab turishni so'ragan muxlis niyatiga etdi.

Maydonga yugurib tushish

Yaqinda bo'lib o'tgan Evropa chempionatida Ronaldu va uning muxlisi ishtirokidagi yana bir voqea guvohiga aylandik. Portugaliya-Avstriya uchrashuvidan so'ng ishqibozlardan biri maydonga tushib, Krishtianu bilan suratga tushmoqchi bo'ldi. Portugaliyalik yulduz styuardlar ijozatini olgach, muxlisining talabini qondirdi.

SHunga o'xshash holat JAR termasining Braziliya milliy jamoasiga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng ro'y bergandi. O'yin tugashi hamono maydonga yugurib chiqqan bir bolakay futbolchilarning yoniga etib borolmadi - uni qo'riqchilar ushlab qolishdi. Styuardlar jajji muxlisni tashqariga haydashga shaylanishayotgan bir pallada Neymar o'rtaga tushib, bolakayni olib qoldi. So'ngra Barselona hujumchisi u bilan suratga tushdi, Braziliya termasi o'yinchilari esa birgalikda yosh ishqibozni xursand qilishdi.

2400 kilometrni velosipedda bosib o'tish

Serbiyalik mashhur sayyoh Dragan SHishbalich sevimli klubi Partizanning o'yinlarini kuzatish maqsadida butun Evropani velosipedda bosib o'tdi. U futbol va basketbolning ashaddiy ishqibozi. SHishbalich hattoki, 2400 km. masofani bosib o'tib, Moskvaga etib borgan. Ushbu safar davomida uning velosipedi ikki marta buzilib qolgan bo'lsa, yo'lning o'ziga 15 kun sarflagan.

Xonaga kirib olish

Braziliyada bo'lib o'tgan jahon chempionati paytida 15 yoshli Yago Leal Portugaliya termasi o'rin olgan mehmonxonaga yashirin tarzda kirishga erishdi. Bino tomiga o'rnatilgan suv quvuri orqali ayvonga tushgan ishqiboz Krishtianu Ronalduning xonasiga joylashdi. Lealning aytishicha, portugaliyalik yulduz yotgan krovatda bir muddat dam olish unga zavq bag'ishlagan. Ronaldu xonasiga qaytgach, ro'parasida ishqibozni ko'rib hayron qoldi. Ammo qo'riqchilarni chaqirmadi, shunchaki, Yagodan chiqib ketishni so'radi.

17 soat navbat kutish

Yovil Taun ishqibozi Jeyms Krjijanovski sevimli klubining Manchester Yunaytedga qarshi o'yini (Angliya kubogi 1|32 finali) chiptasiga ega bo'lish uchun 17 soat kutgan. Stadionga kirish oson bo'lmasligi haqida shov-shuvlar ko'paygach, tunni kassa oldida o'tkazishga qaror qilgan. Jeymsning aytishicha, qadrdon shahri sharafini himoya qiluvchi jamoaning MYUga 0:2 hisobida yutqazishi ham uni zarracha ranjitmagan.

960 km. yayov

Bavariya klubining bosniyalik ishqibozi Vaxil CHexayya o'z uyidan Alyanc Arena stadionigacha bo'lgan masofa - 960 kilometrni yayov kezdi. Buning uchun beshta mamlakat chegarasidan o'tishga to'g'ri keldi: Bosniya va Gercegovina, Xorvatiya, Sloveniya, Avstriya hamda Germaniya. Bugoynodagi xonadonidan 10 iyun kuni chiqib ketgan CHexayya Bavariya o'ynaydigan stadionga 22 iyul kuni etib borgan. Etiborlisi, muxlis butun yo'lni Germaniya klubi libosida bosib o'tgan. Ushbu sayohatdan so'ng vazni 12,5 kg.ga kamaygan Vaxil uyiga avtobusda qaytgan.

Xastami yoki yo'q?

Napoli fanati Jovanni Mannini Romaga qarshi kechadigan uchrashuv chiptasidan mahrum bo'ldi. Natijada, stadionga kirish maqsadida yuragi xuruj qilgan kishi rolini ishonarli tarzda o'ynadi. Yaqin oradagi tibbiyot punkti arena ichida joylashgani bois, uni o'sha erga yotqizishga qaror qilishdi. Mannini stadion hududiga kirishi hamono, o'rnidan turib, tribunalar tomon oshiqdi.

12-o'yinchi

Mana buni haqiqiy afsonaviy voqeaga qiyoslash mumkin. ECHLning 2000|2001 yillar mavsumida MYU safida maydonga 11 emas, balki 12 futbolchi maydonga tushdi. Aniqrog'i, o'yinchilar soni 11 nafar edi, shunchaki, ularga qizil iblislar ishqibozi Karl Pauer hamrohlik qilgan. Dastlab suratga olish brigadasi azosi sifatida stadionga kirib olgan muxlis keyinchalik manchesterliklar libosini kiyib, futbolchi sifatida maydonga chiqib kelavergan.

O'.UMAROV tayyorladi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика