Messi yugurish mashqlariga kirishdi
03 dek 2013 10:37
Yangiliklar


Messi yugurish mashqlariga kirishdi
“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi, noyabr oyida olgan jarohatining muolaja jarayonini ikkinchi bosqichiga kirishdi.
Argentinada davolanayotgan futbolchi, dushanba kuni birinchi marotaba engil yugurish mashqlarini boshladi. Bundan tashqari Messi oyoq mushaklarini mustahkamlash uchun trenajyorda mashqlar ham olib borayapti.
Payshanba kuni Messi yana bir marotaba tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, tuzalish jarayoni qanday borayotganiga aniqlik kiritiladi.
Eslatib o'tamiz, Messi Ispaniya chempionatining 13-turidan o'rin olgan “Betis”ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi.

Fikrlar