So’nggi yangiliklar

00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  0 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  0 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  6 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  11 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  228 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  9 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1

Messi yoki Ronalduni kim almashtiradi? Yangiliklar

Messi yoki Ronalduni kim almashtiradi?

Afsuski, yana bir necha yillardan so'ng futbol olamining bosh yulduzlari - Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu faoliyatlarini yakunlashga majbur bo'lishadi.

Ammo bu - hayot to'xtab qoladi, degani emas. Kunlar keladi, ularning o'rnini qaysidir yosh iqtidorlar egallaydi. Savol tug'iladi: xo'sh, bu yoshlar kimlar o'zi?! Soccer.ru xuddi shu savol ustida izlanib, mahoratli yosh futbolchilardan o'ziga xos ramziy terma jamoa tuzib chiqdi.

Darvozabon

Janluiji Donnarumma (Milan)

Yoshi:
17da

Yulduz prototipi: Janluiji Buffon

Tabiiyki, Kichik Jijini Milanda oson bo'lmagan juda ko'plab o'yinlar kutib turibdi. Ammo hatto Oliver Kan ham buyuk faoliya­tining avvalida bir o'yinda beshtadan gol o'tkazib yuborgan. SHunga qaramay, u futbol tarixida o'zidan sezilarli iz qoldirishga erishdi. Demak, Janluiji Donnarummada ham xuddi shunday imkoniyat bor. Zero, u juda yoshligidanoq Italiya terma jamoasiga jalb qilib kelinmoqda va bu orqali Buffonning yoshligidagi bir qancha rekordlarini yangilashga ulgurdi. Qolaversa, u yildan-yilga ulg'ayib, kuchayib bormoqda. Jumladan, Donnarumma oxirgi uch o'yindan beri darvozasini quruq saqlamoqda. SHuningdek, yosh kiper omadli ham: Fiorentinaga qarshi o'yindagi penaltida darvoza ustuni Janluijining joniga oro kirdi.

 

Himoyachilar

Ektor Belerin (Arsenal)

Yoshi
: 21da

Yulduz prototipi: Kafu

Sobiq jahon chempioni, futbol afsonalaridan biri bo'lgan Kafuning aytishicha, Belerinning harakatlari unga o'z yoshligini eslatar ekan. Agar APLning o'tgan mavsumdagi ko'rsatkichlarini hisob-kitob qilib chiqsangiz, golli uzatmalar soni bo'yicha hech kim Ektordek yaxshi natijaga erishmaganini bilib olasiz. Demak, Bele­rinni ispan futboli va Arsenalning kelajagi deb bemalol ayta olamiz. Faqat shunisi ham borki, kanonirlar undan yanada ko'proq foyda olishni istashsa, Ektorni Barselona va Real nazaridan ehtiyot qilishlari kerak bo'ladi. Xullas, u ajoyib himoyachi!

 

Andreas Kristensen

(Borussiya M.)

Yoshi
: 20da

Yulduz prototipi: Jon Terri

Odatda, Germaniyada Andreasning harakatlarini Bekkenbauerning yoshligiga qiyoslashadi. Biroq uning Jon Terriga o'xshash jihatlari ham talaygina. Ochig'ini aytish kerak, hozircha Kristensen Manchester Siti yoki Barselona kabi grand jamoalarga qarshi bahslarda unchalik o'zini ko'rsata olmayapti. Biroq bundesliga o'yin­larida iqtidorli himoyachi butunlay o'zgarib, o'ziga to'la ishonch bilan harakat qiladi. Qisqasi, talabalik yoshidagi eng kuchli, umidli himoyachilardan biri sifatida aynan Andreasni ko'rsatsak, bo'laveradi.

Presnel Kimpembe (PSJ)

Yoshi:
21da

Yulduz prototipi: Je-rom Boateng

Aslini olganda, Franciyaning quyi divizionlaridan o'sib, Liga 1 va PSJ darajasiga chiqish - oson ish emas. Ammo Presnel xuddi shuni uddalay olgan qatiyatli yoshlardan biri. Ajoyib kunlarning birida Franciya terma jamoasining sobiq yulduzi Marsel Desayi Monakoning g'alaba golini jonli efirda yozib olib, keyin xandon otib kuldi. Yaqin kelajakda Kimpembe ham TVda tahlilchi sifatida ish boshlab, shunday roliklarni suratga olishi mumkin. Lekin hozircha u mavsumni Markinos bilan PSJning asosiy tarkibida boshlab, barchaning etiborini o'ziga qaratmoqda. Ayniqsa, uning toza podkatlari va to'pni raqibdan mohirlik bilan olib qo'yishi alohida tahsinga loyiq.

 

Joshua Kimmix (Bavariya)

Yoshi:
21da

Yulduz prototipi: Filipp Lam

Kimmix shu darajada universal himoyachiki, uni har qanday poziciyaga qo'rqmay joylashtirish mumkin. Bizga esa u chap qanot himoyasi uchun kerak. Yaqindan boshlab esa Kimmix Reshford virusini yuqtirib oldi. Yani, birdan gol urishga kirishib ketdi. Tabiiyki, futbolchining gol hidini sezish qobiliyati Anchelottining nazaridan chetda qolmadi va u o'z shogirdini nisbatan oldinroqda sinab ko'ryapti. Misol uchun, Joshua bundesliganing Gamburgga qarshi o'yinida Bavariyani deyarli bir o'zi elkasida tortdi. Riberining ajo-yib uzatmasini ham havoga sovurmadi.

 

Yarim himoyachilar

Rahim Sterling

(Manchester Siti)

Yoshi:
21da

Yulduz prototipi: Klarens Zeedorf

Iqtidorli yosh yarim himoyachilar Dortmundning Borussiyasida juda ko'p -  Mor, Dembele, Pulishich... SHuningdek, Atletikoda to'p surayotgan Niges ham bor. Biroq biz ramziy terma jamoadagi o'rinni Rahim Sterlingga ajratdik. Maydondagi harakatlari bilan Sterling ko'proq Mark Overmarsni eslatib yuboradi. Lekin Realda to'p surgan Klarens Zeedorf ham o'z vaqtida xuddi Sterling kabi jo'shqin, tezkor edi. Xullas, angliyalik yosh futbolchi - APL yangi mavsumidagi eng faol o'yin­chilardan biri. Qolaversa, Gvardiola ham Rahimning iqtidorini to'la yuzaga chiqarish uchun astoydil harakat qilayotganini unutmaslik kerak.

 

Yulian Vaygl (Borussiya D.)

Yoshi: 21da

Yulduz prototipi
: Xabi Alonso

Iqtidoriga faqat havas qilish mumkin bo'lgan yana bir ajoyib futbolchi. Yulian hali yosh, lekin Borussiya (Dortmund)ning bugungi  o'yinlarini usiz tasavvur qilib bo'lmaydi. SHu bois, ko'pincha Bavariya yoki Real muxlislari hazillashib, shunday iqtidorlarni tarbiyalab, sevimli klublariga tayyorlab berayotgani uchun Borussiyaga tashakkur bildirishadi. Ha, chindan ham tez orada Vayglni Myunxen yoxud Madridga taklif qilib qolishlari mumkin. Ammo hozircha u Tuxelning ixtiyorida. Yigitcha esa maydonda xuddi Alonso, Xavi va Inestalar kabi harakatlanishda davom etmoqda. Ispaniya termasining oltin avlodi vakillari qanday o'ynashganini esa ortiqcha tariflash shart emas.

 

Dele Alli (Tottenxem)

Yoshi:
20da

Yulduz prototipi: Frenk Lempard

SHporlarning serharakat va chaqqon yarim himoyachisi yoshligida Stiven Jerrardga havas qilib ulg'aydi. Bugun esa Allini aynan Liverpul afsonasiga qiyoslashadi. Bizningcha esa, Allining o'yinlari ko'proq Frenk Lempardni eslatib yuboradi. Farqi shundaki, Lempard og'irkarvon futbolchilar toifasidan edi. Dele esa undan ancha engilroq harakatlanadi. O'rni kelganda eslatib o'tish lozim, Delening bolaligi havasga arzimaydi. CHunonchi, uning onasi ichkilikka ruju qo'yadi, kelib chiqishi Nigeriya tomonlarga borib taqaluvchi otasi esa Dele dunyoga kelgach, oilasini tashlab ketadi. SHu bois, chaqaloqni insonparvarlik harakati azolari otaliqqa olishadi va keyinchalik muruvvatli bir oilaga berib yuboriladi. Etiborlisi, aynan shu oila bolakayni Tottenxem futbol maktabiga olib keladi. Endi bo'lsa ana shu bolakay Angliya terma jamoasida to'p surmoqda.

 

Marko Asensio (Real)

Yoshi:
20da

Yulduz prototipi:
Xosep Gvardiola

Aytishlaricha, rossiyalik taniqli sobiq futbolchi Valeriy Karpin Malorkada ishlab yurgan kezlari Asensio ismli bolakayning tezligiga qoyil qolib, uni klub rahbarlariga tavsiya etgan ekan... Bu qanchalik haqiqatga yaqin, bilmadigu, ammo Marko o'zining aniq to'p oshirishlari bilan xuddi Gvardiolaga o'xshab ketadi. Zero, Pep ham o'z vaqtida aniq uzatmalar borasida ustasi farang edi. Afsuski, shunday iqtidor bilan ham Marko Real asosiy tarkibidan muntazam o'rin ololmayapti. Bunga jamoadagi yulduzlarning ko'pligi ham yo'l qo'ymaydi, aslida, lekin Asensio Ispaniya chempionati, UEFA superkubogi o'yinlarida o'zini ko'rsatishga ulgurdi.

 

Hujumchilar

Kelechi Ixeanacho

(Manchester Siti)

Yoshi:
19da

Yulduz prototipi:
Patrik Klyuyvert

Nigeriyalik yosh hujumchi Gvardiolaning maslahatlariga to'la amal qilsa, Aguero bilan aloqalarini shunday davom ettirsa, kelajakda uni yulduzlik shohsupasi kutmoqda. Esingizda bormi, bir vaqtlari Messi braziliyalik Ronaldinoga havas qilardi. Bugun esa Leoni kumiri deb bilmaydigan bolalarni topish amrimahol. Nigeriya futboli tarixida iqtidorli futbolchilar doim bo'lgan. Biroq Kelechi ularning hammasidan, hatto Vea, Drogba yoki Eto~Odan ham uzoqroqqa borishi mumkin.

 

Markus Reshford

(Manchester Yunayted)

Yoshi:
18da

Yulduz prototipi: Nikolya Anelka

Rio Ferdinand fevral oyida Markusni Angliyaning eng yaxshi hujumchisi deb atadi. Biz esa tajribali himoyachining so'zlariga yana shuni qo'shimcha qilamizki, Reshfordning professional maqomga ega klubdagi ilk faoliyati hatto Messi, Raul, Aguero va Suareslarnikidan ham yaxshiroq boshlandi. Boz ustiga, uni tarbiyalagan jamoaning o'zi hamon barqaror o'yin namoyish qila olmayapti. Aytgancha, endi Markusning Zlatan Ibragimovich kabi malakali ustozi ham bor. Demak, u yanada o'ssa, ajabmas.

 

Bosh murabbiy

Eddi Xou (Bornmut)


Ro'yxatimizdagi vunderkindlarning o'rtacha yoshi 19,9da. Demak, bu terma jamoaning murabbiyi ham shunga yarasha bo'lishi lozim. Aslida, Xoffeynxaymni boshqarayotgan, Messi va Aguerolar bilan teng­dosh bo'lgan Yulian Nagelsmann murabbiylik o'rniga juda mos keladi. Biroq biz bu o'ringa Bornmutning yosh ustozi Eddi Xouni tanladik. Negaki, u 38 yoshida ham xuddi 28 yoshli futbolchiga o'xshab ko'rinadi va g'oyalari ham chakki emasdek. Etibor bering, Pep Gvardiola shu paytgacha o'tgan o'yinlardagi eng kuchli raqib sifatida aynan Bornmutni tilga oldi va bu bejiz emas. Kim biladi deysiz, vaqtlar kelib, Xou Manchester Yunayted yoxud Arsenal boshqaruvini qo'lga olar?! Bunday deyishimizga sabab, yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilarning aksariyati yaqin kelajakda ko'zga ko'ringan yulduzlarga aylanishlariga shubha yo'q. SHunday ekan, Xouga ham ishonch bildirish mumkin. Umuman, ramziy terma jamoamizdagi har bir futbolchini eslab qolishni tavsiya qilamiz. Negaki, kechagina maktab yoki kollejda o'qib yurgan bu bolalar hozirning o'zida katta futbolning ajralmas qismiga aylana olishdi. Ertaga esa ularga yulduzlarga qaragandek qaray boshlaymiz...

Jahongir MIRZO tayyorladi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика