Messi yiliga 130 mln evro topadi, Ronaldu va Neymar kuchli uchlikda

2 apr 2019, 09:01
“France Football”nashri 2018/19 yilgi mavsum bo'yicha dunyoning eng ko'p haq to'lanadigan futbolchilarini ham e'lon qildi.

Reytingni tuzishda maosh, bonus va boshqa daromadlar ham hisobga olingan.

Reytingning 1-pog'onasini oyiga 7 mln, yiliga esa 130 mln evro topadigan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi band qilgan. 2-o'rinni bo'lsa, uning azaliy raqibi Krishtianu Ronaldu egallagan. “Yuventus” forvardining yillik daromadi 113 mln evroni tashkil qiladi.

Kuchli uchlikni esa PSJ hujumchisi Neymar 91,5 mln evro bilan yakunlab bergan. Top-5 dan Antuan Grizmann (“Atletiko M”, 44 mln evro) va Garet Beyl (“Real”, 40,2 mln evro) ham o'rin olgan.

Qayd etish joiz, mablag'lar soliq to'lovlarigacha bo'lgan holatda ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football