Messi yana mashg'ulotlarda qatnashmadi

Mirjalol Normatov
8 fev 2019, 19:57
"Barselona" hujumchisi Leo Messi oyog'idagi jarohati sababli mashg'ulotlarda yana qatnashmadi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, futbolchi individual tarzda trenajyorda mashg'ulotlar o'tkazgan.

Messi LaLiganing 22-turi doirasida "Valensiya"ga qarshi o'yinda olgan jarohatidan keyin "Real"ga qarshi o'yinda 30 daqiqagina harakat qilgandi.

Hozircha argentinalikning "Atletik"ka qarshi o'yinda qatnashishi borasida ma'lumotlar mavjud emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es