Messi yana bir shaxsiy sovrinni qo'lga kiritishi mumkin. Davogarlar orasida Neymar va De Bryuyne bor
31 okt 2024 22:42
Yangiliklar
Messi yana bir shaxsiy sovrinni qo'lga kiritishi mumkin. Davogarlar orasida Neymar va De Bryuyne bor
“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Oltin oyoq” mukofotiga davogarlar o'ntaligidan joy oldi.
Mukofot 2003 yildan beri 28 yoshdan oshgan yosh toifasidagi eng yaxshi futbolchilarga beriladi.
Har qanday futbolchi titulni faoliyati davomida bir marotaba qo'lga kiritishi mumkin. 2020 yil Italiyaning “Yuventus” klubini sharafini himoya qilgan Krishtianu Ronaldu “Oltin oyoq” sovriniga ega chiqqan.
Joriy yil mukofotga Messidan tashqari Harri Keyn, Neymar, Kevin de Bryuyne, Virjil van Deyk, Tomas Myuller, Karim Benzema, Lautaro Martines, Antuan Grizmann va Marko Verratti davogarlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar