Messi: "Van Deyk katta va juda tezkor, u bo'yiga nisbatan aqlbovar qilmas tez harakat qiladi"
17 okt 2019 21:10
Yangiliklar
Messi: "Van Deyk katta va juda tezkor, u bo'yiga nisbatan aqlbovar qilmas tez harakat qiladi"
"Barselona" sardori Lionel Messi "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deykning o'yiniga yuqori baho berdi.
"Bu aldamchi harakatlarni kutadigan va to'g'ri pallada to'pga tashlanadigan himoyachi. U katta va juda tezkor. Bo'yiga nisbatan ishonib bo'lmas tez harakatlanadi. U katta qadam tashlashlari bilan tezkor. Van Deyk ham himoyada bo'lganidek, hujumda ham ijobiy taassurot qoldiradi. Sababi, u ko'plab gollar uradi", — deya Messining so'zlarini keltiradi Marca nashri.
Fikrlar