Messi va Neymar nima haqida suhbatlashishgandi? Paredes javob berdi
18 iyu 2021 01:58
Yangiliklar
Messi va Neymar nima haqida suhbatlashishgandi? Paredes javob berdi
Kopa Amerika finalidan so'ng, Messi va Neymarning bir-birini bag'riga bosgani barchaning diqqat markazida edi. Ular finaldan so'ng, kiyinish xonasiga ketaverishdagi zinada suhbatlashishgani ham juda ko'pchilikning etiborini tortgandi. Messi va Neymarning yonida bo'lgan Leandro Paredes o'sha suhbat nima haqida bo'lganini so'zlab berdi.
"Biz final haqida ham, Messining "Barselona"dagi kelajagi haqida ham gaplashmadik. Biz shunchaki hayot haqida, oilamiz bilan qanday hayot kechirayotganimiz haqida gaplashdik. Messi va Neymar yozgi tatilni qaerda o'tkazish haqida suhbatlashishdi. Keyingi 45 kungi rejalar haqida so'z bordi. Final haqida esa hech qanday gap bo'lgani yo'q. Bilasizmi, Leo va Neymar shunchalik mashxur yulduz bo'lishlariga qaramasdan, bir-biridan kamtar va oddiy yigitlardir. SHunday muhim finaldan so'ng, bu kabi mavzularda gaplashishlari ham bunga isbot bo'ladi", -dedi Leandro Paredes.
Fikrlar