So’nggi yangiliklar

21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  0 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  0 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  1 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  6 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  2 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  20 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  24 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2

Messi va Mbappe zaif PSJni qutqara olishmadi. "Bavariya" shunchaki jamoa sifatida kuchliroq (mutolaa uchun) Yangiliklar

Messi va Mbappe zaif PSJni qutqara olishmadi. "Bavariya" shunchaki jamoa sifatida kuchliroq (mutolaa uchun)

Parij yulduzlari bilan birga CHempionlar ligasidan chiqib ketishga yaqin.


O'yinoldi intrigasi bahsda Lionel Messi va Kilian Mbappening o'ynashi borasidagi savol bilan band bo'ldi. PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte esa aldamadi: argentinalik ilk daqiqalardanoq maydonga tushdi, francuz esa asosiy tarkibga kirmadi. Ammo, Mbappe baribir parijliklarning qaydnomasida edi va o'yinni zaxiradan boshladi. Galte toza forvardsiz o'ynadi va bunda ko'p sonli yarim himoyachilar bilan balansni saqlab qolishi aniq edi. SHu bilan birga, xavbeklardan biri 16 yoshli Uorren Zair-Emeri edi.


Paris Saint-Germain

Champions League Final Stage . 1/8-tur

15/02/2023, 00:00

1
:
0
Tugadi

Bayern Munich

Kingsley Coman - 53'

Stadion: Parc des Princes, 46435 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
46'  Achraf Hakimi (Presnel Kimpembe)
57'  Carlos Soler (Kylian Mbappe)
57'  Warren Zaire-Emery (Fabian Ruiz)
70'  Presnel Kimpembe
75'  Danilo Pereira (Vitinha)
82'  Kylian Mbappe
86'  Neymar
26'  Benjamin Pavard
46'  Joao Cancelo (Alphonso Davies)
53'  Kingsley Coman
53'  Alphonso Davies
75'  Eric Maxim Choupo-Moting (Thomas Mueller)
75'  Kingsley Coman (Serge Gnabry)
87'  Jamal Musiala (Ryan Gravenberch)
90'  Leroy Sane (Josip Stanisic)
90'  Benjamin Pavard


"Bavariya" shunday yuqori tajovuzkor pressing bilan boshladiki, mezbonlar o'zlarini uydagidek his etishmadi. 29-soniyadayoq maydondagi yagona hujumchi Erik SHupo-Moting sobiq jamoasiga gol urishiga bir bahya qoldi. "Bavariya" 3-4-2-1 bilan o'ynadi – bu Yulian Nagelsmann uchun yangi sxema emas, ammo baribir Franciya chempionatining so'nggi vaqtlardagi holatini hisobga olsak, PSJdan uchta markaziy himoyachini kutish mumkin edi. Parijliklarning mudofaadagi sxemasi 4-4-2-0ni eslatdi, ayniqsa o'yin boshida, sababi PSJ chuqur mudofaasi bilan "Bavariya"ning markaziy himoyachilariga hech qanday bosim o'tkazmadi. Neymarni esa to'psiz nima qilishini umuman bilib bo'lmaydi. Bir qarasa raqibning yonida turadi va to'pni egallab turgan o'yinchiga qaraydi, bir qarasa yordamsiz kuchini shunchaki ketkazgan holda darvozabon va himoyachilar o'rtasiga yugura boshlaydi.



Germaniya chempionlari ustunlik qilishdi, francuzlar esa Messi bilan Neymarning qarshi hujumda nimadir o'ylab topishiga umid qilishdi. "Bavariya"ning tarkibida esa francuzlar ko'proq edi – Zair-Emeriga qarshi uch francuz. Nemislar vingbeklar Joau Kanselu va Kingsli Koman (tanaffusgacha ikkisiga 100dan ortiq paslar) hisobiga maydonning to'liq kengligidan foydalanishdi, Jamal Musiala, Leroy Sane va ularga yordam bergan Leon Gorecka esa chiziqlar orasida ko'plab takliflar berishdi. Bunday bosimni ushlab turish juda qiyin bo'ldi va PSJ birinchi taymda Nagelsmann jamoasiga o'z darvozasi tomon 10ta zarba berishga imkon berdi. Mezbonlarning baxtiga, mehmonlar atigi ikki bor aniq tepishdi va gol urishmadi.



PSJ o'yinchilarining o'ta yuqori klassi bazida tezkor paslar evaziga bosimdan chiqishga imkon berdi. Messi oddiy joyda keskinlik yaratishi mumkin edi. Ammo, Neymar 45 daqiqa ichida atigi 15 bor to'pga tegindi. Parijliklarning hujumi ishlamadi. Faqatgina Leoning noaniq zarbasini eslash mumkin.

Nagelsmann tanaffusda yangi o'yinchi Joau Kanseluning o'rniga Alfonso Devisni tushirdi va bu o'yinni o'zgartirdi. Koman yana chapdan o'ngga o'tdi, kanadalik esa uning o'rnini egalladi. Germaniya chempionlari nihoyat 53-daqiqada qanot o'yinchilarining keng poziciyasidan foydalanishdi. PSJ himoyachilari Devisni va uning krossini yopishga ulgurishmadi va Koman pastdan ideal zarba berdi. Parij klubi o'z golini nishonlamadi va muxlislardan kechirim so'radi. Galte esa Mbappeni jangga tashladi.


VIDEO  CHempionlar ligasi. PSJ - "Bavariya" 0:1


Ammo, PSJ Mbappe qo'shilgandan so'ng hujumlarni ko'paytirmadi. Aksincha, parijliklar balansni yo'qotishdi va "Bavariya"ning hujumlarini o'tkazib yubora boshlashdi. SHupo-Moting darvoza ustunini poylagan holda, bir necha daqiqa ichida uchta yaxshi vaziyatga ega bo'ldi. Germaniya chempionlari darvozasida Manuel Noyer emas, Yan Zommer turgani Mbappe gol urish uchun imkoniyatga ega bo'lgan so'nggi 20 daqiqada eslandi. Kilian aqlbovarqilmas tezligi bilan raqibdan qochib darvoza tomon bordi va Zommer uning zarbasini yuzi bilan qaytardi. Forvard o'sha vaziyatda darvozani ishg'ol qildi, ammo ofsayddan.

Jamoalar haqiqiy "olov"ni o'yin so'nggida berishdi! "Bavariya" Messining to'pni yo'qotganidan so'ng to'rtga uch qarshi hujumidan foydalanganda, PSJni nokaut qilishi mumkin edi. Ammo, nemislar buning uchun jazolanishlariga biroz vaqt qoldi. CHarchab qolgan mehmonlar ikki-uch vaziyatda Mendeshning tezligi oldida ojiz qolishdi va Leoning harakatlarini to'xtata olishmadi. "Bavariya"ning omadi keldi va Mbappening ikkinchi goli ofsayd sabab bekor qilindi – Mendeshda kichik ofsayd bor edi.



PSJ uydagi mag'lubiyatdan qutulib qolish uchun so'nggi imkoniyatni oldi, bu Leoga nisbatan ishlatilgan foldan so'ng Pavarga qizil kartochka ko'rsatilganidan so'ng ro'y berdi. Leo qo'lidan kelganini qildi. U o'yinni 78ta to'pga teginish, ikki zarba va bir bor zarba oldidan uzatma bilan yakunladi. Ammo, francuzlar xavfli jarima to'pini foydalanilmagan vaziyatlarga qo'shib qo'yishdi. Ikki marta ko'proq zarba bergan "Bavariya"ning adolatli g'alabasi (18:9, aniq zarbalar bo'yicha – 7:4) va endi ular Myunxendagi o'yinda favorit bo'lishadi.


Championat.com saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика