Messi va Mbappe Parij Olimpiadasida to'qnash kelishi mumkin

Оқил Абдубарноев
26 okt 2023, 19:49
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe sobiq jamoadoshi Lionel Messi bilan 2024 yilgi Parij Olimpiadasida to'qnash kelishi mumkin.

Argentina U-23 terma jamoasi murabbiyi Xaver Maskerano jamoa Olimpiya o'yinlariga yo'l olgan taqdirda, belgilangan yoshdan katta bo'lgan futbolchilar limitiga Lionel Messi va Anxel di Mariyani chaqirmoqchi.

Fransiya futbol assotsiatsiyasi esa o'z yurtida o'tkaziladigan yirik turnirda g'oliblikni qo'lga kiritmoqchi. Shu bois, mamlakat Kilian Mbappe va Antuan Grizmann kabi yetakchilarning ishtirok etishiga umid qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN