Messi va Agueroning gollari Argentinani mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Aslanov Jasurbek
9 sen 2015, 10:10
AQSHning Arlington shahrida Argentina va Meksika terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinnig 19-daqiqasida Chicharito penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochdi, Ektor Errera esa ikkinchi taymning o'rtalarida o'z jamoasining ustunligini yanada oshirdi. Argentinaliklar uchrashuv oxiridagi ikki gol tufayli mag'lubiyatdan qutilib qoldi. Bahsning 85-daqiqasida Serxio Aguero hisobni qisqartirdi, Lionel Messining aniq zarbasi esa Argentina terma jamoasiga durang taqdim etdi.


Argentina – Meksika – 2:2

Gollar: Ernandes, 19 (0:1, pen); Errera, 70 (0:2); Aguero, 85 (1:2); Messi, 89 (2:2).

Argentina – Gusman, Otamendi, Roxo (Mas, 71), Demichelis, Ronkalya, Gago (Pereyra, 76), Banega, Maskerano, Korrea (Lavessi, 77), Messi, Teves (Aguero, 76). 

Meksika – Munos, Markes (Alanis, 86), Ximenes, Moreno, Guardado, Errera (Duenyas, 82), Layyun, Vaskes (Torres, 66), Reyes, Ximenes, Ernandes (Vela, 77).

Ogohlantirishlar: Otamendi, 30; Ronkalya, 90 – Markes, 42.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com