Messi Turkiyada fizika darsligiga kiritildi

Tolibjon Qosimov
17 okt 2013, 11:52
To'rt karra "Oltin to'p" sohibi bo'lgan Lionel Messi turkcha fizika darsligiga kiritildi.
Argentinalik futbolchi daho shaxslar tasviri tushirilgan sahifadan o'rin oldi. Messining rasmi keltirilgan sahifadan shuningdek Galiley, Nyuton, Paskal va Torrichelli rasmlari ham keltirilgan.

Futboldagi nodir yaratuvchanlik qobiliyatiga ega bo'lgan Leo Messi ko'pchilik tomonidan nafaqat bugungi kunning, balki futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi sifatida tan olinmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru