So’nggi yangiliklar

02:02А Серия. "Болонья" ва "Лацио" кучли тўртликка кириб олиш имкониятидан фойдалана олмади  0 01:55Илёс Зейтуллаев: "Чемпионлик учун кураш ҳақида гапиришга ҳали эрта"  0 01:13Миржалол Қосимов: "Айримлар ҳали ҳамон "Насаф"га қарши ўйинда қолиб кетишгандек"  0 01:08"Барселона" яна бир турнирда чемпионга айланди. Бу сафар академия вакиллари Европада тенгсиз бўлишди  0 00:32"Свет йўқ". "Барселона" - "Интер" ўйини эртага ўтказилмаслиги мумкин  8 23:48"Ливерпуль" клуб тарихидаги энг йирик трансфер бюджетларидан бирига эга бўлади  4 23:30Суперлига. Абдухолиқовнинг голи ОКМКнинг мағлубиятсиз сериясини тўхтатди  0 23:25Ўзбекистонлик футболчи Англия клуби йиғинида иштирок этади  6 23:13Озарбайжон. Бобир Абдихолиқов гол урган ва голли узатма берган баҳсда жамоаси ғалабани қўлдан чиқарди  3 22:59"Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  7 22:18Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  18 21:20Рэшфорд учун мавсум якунига етди  2 21:00Суперлига. ОКМК мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  23 19:49"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  7 19:20Ван Дейк Слотнинг "Ливерпул"даги ишини юқори баҳолади  0

Messi The Best sohibi? FIFA sovrinining bundan keyin obro'si qoldimi? (mutolaa uchun) Yangiliklar

Messi The Best sohibi? FIFA sovrinining bundan keyin obro'si qoldimi? (mutolaa uchun)

Messi afsona, qirol, balki XXI asrning eng yaxshi futbolchisi hamdir, biroq bu yil u FIFA sovrinini yutish uchun umuman haqli emasdi...

Futbolda bir vaqtning o'zida bir nechta individual mukofotlar bo'lishi ajoyib, chunki nazariy jihatdan har xil versiyalar bilan barcha fikrlarni qondirish mumkin. Ulardan ikkitasi mavsum oxirida berildi. Mantiqan olib qarasak. Messi Argentina bilan jahon chempioni bo'ldi va uzoq yillik orzusiga erishdi. Bu esa unga “Oltin to'p”ni yana bir bor taqdim etdi. UEFAning eng yaxshi futbolchisi esa yil davomida barcha musobaqalarda tengsiz bo'lgan Erling Xollandga nasib etdi. Ko'rinib turibdiki, bu erda barchasi adolatdan.

Endi navbat FIFAga keldi, UEFA va France football'dan farqli o'laroq, The Best mukofotini mavsum emas, balki yil natijalariga ko'ra beradi. Bu yilgi eng yaxshilarni aniqlashda JCH-2022ning natijasi kiritilmaydi. CHunki JCH 2022 yilda bo'lib o'tgan. SHunday ekan yilni yarmini AQSHda o'tkazgan Messi bu erda TOP-3da bo'lishi ham kerak emasdi.

Dastlab, mukofot Xolandga berilishi haqida ishonchli malumotlar paydo bo'ldi. Marosimdan biroz oldin esa Messi marosimga umuman kelmagani malum bo'ldi. Bunga Messi ushbu so'rovnomada mag'lub bo'lgani sabab sifatida keltirilgan.

Taqdirlash marosimi oddiy ruhda davom etmoqda, Terri Anri eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi darvozabon va eng yaxshi gol muallifiga sovrinlarni topshirdi. Hech qanday hayajon hissi yo'q, chunki barcha sovrinlar aniq egasi tomon ketayotgandi. Keyin esa Anri Messini yilning eng yaxshi futbolchisi deb elon qiladi. Zalda shokda. G'olib taqdirlash marosimiga kelmagan, sovrin egasiz. Messi shunchalik g'alaba qozonishiga ishonmaganidan avval tayyorlab qo'yiladigan video murojaatda ham ishtirok etmagan.

Messini g'olib deb elon qilishganidan so'ng zaldagi xotirjamlik shokka o'zgardi. Zo'ra?

Umuman olganda Messi 2023 yilda nima yutdi? u Franciya chempioni va kubogi sohibi bo'ldi. SHuningdek, AQSHda ilk bor tashkil etilgan Liga kubogini ham qo'lga kiritdi. Xolandchi? APL, Liga kubogi, ECHL, UEFA Superkubogi, klublar o'rtasidagi JCH. SHuningdek, birinchi yilining o'zida APL to'purari bo'ldi, bo'lganda ham avvalgi natijalarni yangilab tashladi.

Messining g'alabasini adolatsizlik deb atalishi mumkin, biroq ovoz berish jarayoni buni aksini ko'rsatmoqda. FIFAning eng yaxshi futbolchisi uchun beradigan sovrining obro'si ham qolmadi. Umuman olganda Messining bu erda umuman aybi yo'q. CHunki buni terma jamoa murabbiylari, futbolchilari va matbuot kotiblari aniqlaydi. FIFA ovoz berish natijalarining to'lig'ini chiqardi.

Levandovski, Modrich va van Deyk kabi terma jamoa sardorlari futbolni tushunmaydilar yoki ovoz berishga umuman ahamiyat bermaydilar, deb aytib bo'lmaydi? Ammo ularning tanlovini qanday tushuntirish mumkin? Katta ehtimol bilan ular ovoz berish jarayoni qaysi davrni o'z ichiga olishini tushunishmagan yoki tushuntirishmagan.

FIFA saytida topish oson bo'lgan reglamentda aytilishicha, erkaklar uchun 2022 yilning 19 dekabridan 2023 yilning 20 avgustiga qadar erishilgan yutuqlar hisobga olinadi. JCH esa 18 dekabr kuni yakunlangan. SHunday ekan, Messining JCHdagi g'alabasi ushbu so'rovnoma uchun umuman daxli yo'q. Balki sardor va murabbiylar ovoz berish jarayoni reglamentini o'qiganida ayollar futbolining muddatlarini ko'rishgandir. CHunki ayollar futbolidagi natijalar 2022 yil 1 avgustdan 2023 yilning 20 avgustigacha bo'lgan davrni ko'rib chiqiladi.

Bularning barchasi Messining buyukligini inkor etmaydi. Biroq bu yilgi FIFAning natijalari ko'pchilikni shokka tushirib qo'ydi. Bu qarorni hech qanaqasida oqlab bo'lmaydi. Bu qarorni hech qanaqasiga tushunib ham bo'lmaydi!

Muallif : Khoja
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика