Messi termada juda yomon natija qayd etmoqda

Mirjalol Normatov
16 iyun 2019, 14:14
Argentina termasi Amerika Kubogining birinchi turida Kolumbiya termasiga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Argentinaliklar sardori Leo Messi ushbu bahsda gol kirita olmadi. Qayd etish kerak, Messi termasi tarkibida so'nggi 13 o'yinning 10tasida raqib darvozasini ishg'ol qilishni uddalamadi.

Messi o'rtoqlik o'yinida Gaiti postiga 3 bora, saralashda Ekvador va JCH-2018da Nigeriya darvozasiga yo'l topgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA