Messi Ronaldu bilan raqobat haqida: "Bu biz va futbolni yaxshi ko'radiganlar uchun ajoyib davr bo'ldi. Biz maqtovlarga loyiqmiz" Yangiliklar

Messi Ronaldu bilan raqobat haqida: "Bu biz va futbolni yaxshi ko'radiganlar uchun ajoyib davr bo'ldi. Biz maqtovlarga loyiqmiz"

Lionel Messi Krishtianu Ronaldu bilan kechgan uzoq yillik raqobat haqida gapirdi.

- Uzoq yillar davomida Krishtianu Ronaldu bilan "Oltin to'p" uchun bellashdingiz. Sizda raqibingizdan uchta ko'p sovrin bor.

- Bu "kurash" sport tomonlama juda zo'r o'tdi. Ushbu raqobatdan kuchga to'ldik, chunki ikkimiz ham g'alaba uchun kurashishni yaxshi ko'ramiz.

U ham doimo zafar quchishni xohlaydi. Bu ikkimiz va futbolni sevuvchi barcha uchun ajoyib davr bo'ldi.

Biz iloji boricha uzoqroq cho'qqida qolishga urindik va maqtovlarga loyiqmiz deb o'ylayman. 10-15 yil davomida cho'qqida qolish juda qiyin.

Ajoyib davr bo'ldi, bizni kuzatganlarda ajoyib xotiralar saqlanib qoladi deb o'ylayman" - deydi Messi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика