Messi: "Ronaldino "Barselona"ni bunday tark etishga munosib emas edi"
24 dek 2015 10:10
Yangiliklar
Messi: "Ronaldino "Barselona"ni bunday tark etishga munosib emas edi"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messining fikricha, Kataloniya klubi Ronaldino bilan xayrlashib xato qilgan.
2008 yilda jamoani Xosep Gvardiola boshqara boshlaganida braziliyalik futbolchi "Barselona"ni tark etgan edi.
"Ronaldinoning "Barselona"ga o'tishi katta o'zgarishlarga sabab bo'ldi. U klub uchun juda muhim futbolchi bo'lgan. Ronaldinoning "Barselona"ni bu tarzda tark etishi menga yoqmadi. U bunga munosib emas edi" - deydi Messi.
Ronaldino 2003 yildan 2008 yilgacha ispan grandi sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Fikrlar