Messi Qatardagi JCHdan keyin ham faoliyatini tugatmoqchi emasligini aytdi
01 noy 2021 23:41
Yangiliklar
Messi Qatardagi JCHdan keyin ham faoliyatini tugatmoqchi emasligini aytdi
Futbolchi bu savol hozirda o'rin yo'qligini aytdi.
PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati va faoliyati haqida gapirdi.
"Men g'alabaga juda chanqoqman va yana ko'plab g'alabalarga erishish niyatidaman. Biz Kopa Amerikani yutdik. Bunday g'alabadan so'ng, yanada kattaroq yutuqlarga erishmoqchimiz.
Argentina Jahon chempionligi uchun davogarlardan biri bo'lishi kerak. Biz buning uchun yana harakat qilishimiz kerak.
Jahon chempionatidan so'ng 35 yoshda bo'laman. Faoliyatimni tugatish? Yo'q, yo'q. Bu haqida o'ylamayapman. Jahon chempionatidan so'ng nima bo'lishini ham bilmayman. Ammo, futboldan ketish haqida o'ylamayapman", -dedi Lionel Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar