Messi - PSJning "Leypcig"ga qarshi o'yin uchun tarkibida yo'q
02 noy 2021 16:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/666567_original.jpg)
![](/upload/storage/666567_220.jpg)
Messi - PSJning "Leypcig"ga qarshi o'yin uchun tarkibida yo'q
PSJ "RB Leypcig"ga qarshi CHempionlar Ligasi guruh bosqich 4-tur doirasidagi o'yin uchun tarkibni elon qildi.
Parijliklar qaydnomasidan hujumchi Lionel Messi o'rin olmadi.
34 yoshli argentinalik futbolchi "Lill" (2:1)ga qarshi o'yinda mushagida noqulaylik his qildi va murabbiy Maurisio Pochettino ehtiyot sabab uni almashtirdi.
Bundan tashqari, Messida tovon bilan bog'liq muammo ham bor. U bir kun oldin individual tarzda mashg'ulot o'tkazdi.
O'yinni shuningdek sog'ligi bilan bog'liq muammo sabab Serxio Ramos, Marko Verratti va Leandro Paredes o'tkazib yuboradi.
"Leypcig" - PSJ o'yini ertaga bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar