Messi PSJda shu kungacha nechta samarali harakat amalga oshirdi?
12 fev 2022 08:24
Yangiliklar


Messi PSJda shu kungacha nechta samarali harakat amalga oshirdi?
PSJ futbolchisi Lionel Messi Liga 1 doirasida "Renn"ga qarshi o'yinda Kilian Mbappega golli uzatma oshirib berdi.
34 yoshli argentinalik futbolchi Franciya chempionatidagi 14 ta o'yinda 7-golli uzatmasini amalga oshirdi. Uning gollari soni esa hozircha 2 tani tashkil etadi.
CHempionlar ligasida esa Messi 5 ta o'yinda 5 ta gol urgan.
Umumiy hisobda, Messining PSJdagi ko'rsatkichi 20 ta o'yinda 7 ta gol va 7 ta golli uzatmani tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar