Messi PSJda qatorasiga 4 o'yindan buyon gol ura olmayapti
03 apr 2023 13:33
Yangiliklar


Messi PSJda qatorasiga 4 o'yindan buyon gol ura olmayapti
Lionel Messi bir oydan buyon "Pari Sen-Jermen" tarkibida gol ura olmayapti.
Tunda argentinalik "Lion"ga qarshi (0:1) chempionat 29-turi doirasidagi o'yinni to'liq maydonda o'tkazdi, lekin golli harakatlarni amalga oshira olmadi.
Oxirgi marta forvard parijliklar raqiblari darvozasini 4 mart kuni "Nant" bilan o'yinda (4:2) ishg'ol qilgandi. O'shandan buyon 4 uchrashuvda Leo maydonni golsiz tark etyapti. Bunaqasi 2022 yil sentyabr oyidan buyon ilk marta yuz berdi.
O'z navbatida Argentina termasi safida Messi mart oyidagi ikki o'yinda to'rtta gol urdi: Kyurasao (7:0) bilan xet-trik va Panama (2:0) darvozasiga bitta gol.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar