Messi Pogbaga maslahat bergan

16 fev 2016, 22:55
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishni istamoqda.


"Men eng yaxshi futbolchi bo'lishni istayman. Men maydonga ikkinchi bo'lish uchun chiqmayman. "Yuventus" Italiyada ham, Yevropada ham eng yaxshi jamoa bo'lish barcha harakatni amalga oshiradi. Fransiya terma jamoasiga keladigan bo'lsak, bu yerda Patris Evra bor. Unga haqiqiy yetakchi bo'lish uchun sardorlik bog'ichini taqib yurishi shart emas. Fransiyada Evra har tomonlama haqiqiy yetakchimiz sanaladi. Taqdimot marosimida Messi bilan nima haqida gaplashdik? U menga bazi bir maslahatlarni berdi. "Oltin to'p"ni yutish mening orzuim. Meni kumirim kim? Albatta Zinedin Zidan", - deydi Pogba.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football-Italia