Messi: "Nihoyat, u bilan uchrashadigan bo'ldik"
07 iyu 2021 19:05
Yangiliklar
Messi: "Nihoyat, u bilan uchrashadigan bo'ldik"
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jamoasi Amerika kubogi finaliga chiqqanidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning so'zlariga izoh berdi.
"Biz ikkimiz (Neymar va Messi) so'nggi bosqichda uchrashadigan bo'ldik. Neymar bizni finalga chiqishimizni bejiz istamadi, chunki biz do'stmiz. Argentina – Braziliya finalini barcha kutgan edi. Oldinda bizni juda qiyin uchrashuv kutib turibdi.
Finalga chiqish bizning ilk maqsadimiz edi, bunga erishdik. Biz har qachongidan ham ko'proq tayyorgarlikka egamiz. So'nggi Amerika Kubogida jamoa ancha kuchga to'lib, yaxshi taassurot qoldirgandi. Bu safar biz yanada katta natijalarga erishdik.
Menga bu kunlardan lazzatlanyapman. Terma jamoa bilan nimadir yutishni xohlayman", – dedi Messi.
Eslatib o'tamiz, Amerika kubogi finali 11 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar