Messi "Malorka"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradimi?

Alisher
4 iyun 2020, 16:10
"Barselona" yetakchisi Lionel Messi La Liga restartidan keyingi ilk o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

Argentinalik futbolchi 2 iyun kuni o'ng oyog'ida kuchli og'riq his qilgan. Jarohat darajasini aniqlash uchun tezkorlik bilan MRT-tekshiruvi o'tkazilgan.

Xabar berilishicha, Lionelga jarohatdan qutulish uchun 10 kun vaqt kerak bo'ladi. Shunday qilib Messining so'nggi mashg'ulotlarda ishtirok etmasligi jarohat bilan bog'liqliki ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, La Liga doirasida 13 iyun kuni (Toshkent vaqti bilan soat 01:00) bo'lib o'tadigan "Malorka" - "Barselona" o'yinida Messi ishtirok etmasligi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS