Messi jarima to'plarini golga aylantirishda Ronaldudan o'zib ketdi
04 iyu 2021 09:04
Yangiliklar
Messi jarima to'plarini golga aylantirishda Ronaldudan o'zib ketdi
Amerika kubogi-2021 musobaqasida Argentina terma jamoasi chorak finalda Ekvadorni yirik (3:0) hisobda taslim etdi.
Argentinaliklarning uchinchi golini Lionel Messi jarima zarbasi orqali raqib darvozasiga kiritdi.
ESPN xabariga ko'ra, mazkur gol bilan Messining klubi va terma jamoasi safida jarima zarbalardan kiritgan gollari soni 58 taga etdi va u bu borada portugaliyalik hamkasbi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. “Yuve” hujumchisi hisobida hozircha jarima to'plaridan kiritilgan gollari soni 57 tani tashkil etadi.
Fikrlar